Bo‗g‗inning til va nutqdagi ahamiyati
1. So‗zning, xususan, fonetik so‗zning shakllanishida "qurilish mate-riali" va
qoliplovchi vazifalarni bajaradi. Ayrim tillarda bo‗g‗inning distinktiv (tafovutlash,
farqlash) funksiyasi ham bor. Masalan, koreys, Vetnam, xitoy tillarida bo‗g‗in
ohang turiga qarab so‗z ma‘nosini farq-laydi, ayni shu xususiyati bo‗lgan tillarda u
sillabema hisoblanadi. O‗zbek tilida bo‗g‗inning bu funksiyasi nihoyatda
kuchsizdir.
2. Bo‗g‗inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor: birinchi sinf
o‗quvchilarini to‗g‗ri o‗qish va to‗g‗ri yozishga o‗rgatishda, ularda to‗g‗ri talaffuz
va imlo ko‗nikmalarini shakllantirishda bo‗g‗inlab o‗qitish va bo‗g‗inlab yozdirish
yaxshi natija beradi.
3. Orfografiya qoidalarining bir qismi bo‗g‗in ko‗chirilishiga asosla-nadi.
4. Bo‗g‗inning she‘riyatdagi turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni
ta‘minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she‘riy misralardagi ritmni yuzaga
keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn o‗lchovi bo‗lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |