Shcherba). Chunonchi "a" fonemasi old qator unlidir. Bu belgi "a" fonemasi uchun
Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси., Тошкент: Ўкитувчи, 1992. 10-бет.
48
tipik hisoblanadi, biroq shu tipik belgi "qaram" so‗zida orqa qator unli ottenkasiga
aylanadi. Demak, "a" fonemasi "qaram" so‗zida ("q" bilan yondosh qo‗llanganda)
orqa qator unli tarzida, "karam" so‗zida ("k" bilan yondosh qo‗llanganda) esa old
qator unli tarzida talaffuz qilinadi: qaram va kərəm kabi. Bu ikki xil talaffuz "a"
fonemasining so‗z tarkibidagi real ko‗rinishlari - ottenkalari hisoblanadi.
Ottenkalar fizik-akustik va artikulyatsion jihatdan o‗zaro farqlansa-da, bir-biriga
qarama-qarshi qo‗yilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funksiyasi bitta
(ularning ikkalasi bitta "a" fonemasining vazifasini bajaradi, binobarin, bir
fonemaning nutqdagi ikki vakili sanaladi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari
o‗rtasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor.
Fonema ottenkalaridan birining o‗rnida ikkinchisini qo‗llab bo‗lmaydi: bunga
shu ottenkani shakllantirgan fonetik pozitsiya yo‗l qo‗ymaydi. Masalan, ko‗l
so‗zida faqat odd qator "ө", qo‗l so‗zida esa faqat orqa qator "o" qo‗llaniladi. Bir
fonemaning turli pozitsiyadagi ko‗rinishlari - ottenkalari fonema qatorini hosil
qiladi. Masalan, "u" fonemasi kul so‗zida old qator "γ" tarzida, qul so‗zida esa orqa
qator "u" tarzida talaffuz etiladi, shunga ko‗ra γ, u qatorini yuzaga keltiradi.
Fonema ottenkalari tushunchasiga L.V. Shcherba asos solgan. Bu tushuncha
Moskva fonologiya maktabida fonema variatsiyasi nomi bilan, Praga funksional
tilshunosligi maktabida esa fonema varianti nomi bilan ataladi.
II. Ottenkalar tilshunoslikda majburiy, fakultativ va individuad turlarga
ajratiladi.
1. Majburiy ottenkalar fonemaning so‗z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi
fonetik qurshov ta‘sirida yohud ma‘lum fonetik pozitsiya talabi bilan o‗zgargan
ko‗rinishlaridir. Ular o‗z navbatida kombinator ottenkalar, pozitsion ottenkalar va
aralash (kombinator-pozitsion) ottenkalarga bo‗linadi.
a) kombinator ottenkalar so‗z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta‘siri
natijasida yuzaga keladi. Masalan, jarangli "z" fonemasi mazkur so‗zi tarkibida
jarangsiz "k" undoshi ta‘siriga uchraydi va jarangsiz "s" tarzida (maskur deb)
talaffuz qilinadi;
49
b)
pozitsion ottenkalar jarangli undosh fonemalarning so‗z oxirida kelgan,
unli fonemalarning esa urg‗uli yoki urg‗usiz, ochiq yoki yopiq bo‗g‗inlarda
qo‗llangan ko‗rinishlaridir. Masalan, jarangli "b" va "d" fonemalari so‗z oxirida
jarangsiz "p" va "t" tarzida talaffuz qilinadi: kitob > kitop, omad >omat kabi.
Bundagi "p" va "t" tovushlari jarangli "b" va "d" fonemalarining pozitsion
ottenkalari sanaladi (fonemaning so‗z oxirida, demak, kuchsiz pozitsiyada
reallashgan ko‗rinishi bo‗lganligi uchun), "i" unlisi bilan so‗zida qisqa va kuchsiz
(urg‗usiz bo‗g‗inda, demak, kuchsiz pozitsiyada bo‗lganligi uchun), o‗rik so‗zida
kuchlirok (urg‗uli bo‗g‗inda, demak, kuchli pozitsiyada bo‗lganligi uchun), bir
so‗zida tor (to‗liq yopik bo‗g‗inda bo‗lganligi uchun), endi so‗zida esa bir oz
kengaygan ko‗rinishda - ende shaklida (so‗z oxiridagi ochiq bo‗g‗inda bo‗lganligi
uchun) talaffuz etiladi. Bu ko‗rinishlarning barchasi bitta "i" fonemasining turli
pozitsion ottenkalari xisoblanadi;
Dostları ilə paylaş: