undoshi ta‘siriga berilib, "ы" tarzida (kombinator ottenka shaklida), urg‗usiz
bo‗g‗inda (kuchsiz pozitsiyada) bo‗lganligi uchun esa qisqa unli tarzida (pozitsion
reallashadi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik ko‗rinish
hisoblanadi - fonemaning fonetik qurshovdan tashqarida (erkin holda) bo‗lgan
asosiy ko‗rinishiga yaqin bo‗ladi. Odatda, fonemaning kuchli pozitsiyadagi
artikulyatsion belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) olingan
belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko‗rinishi shu fonemaning
asosiy ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominanta deb qaraladi. Qolgan barcha
50
ko‗rinishlar esa asosiy bo‗lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar
fonetik qurshovdagi tovushlarga ko‗proq darajada qaram bo‗ladi.
2. fakultativ ottenkalar (fakultativ variantlar) - fonemalarning bir xil fonetik
pozitsiyadagi ikki xil ko‗rinishlari. Chunonchi, ulfat so‗zidagi "f" shu
pozitsiyaning o‗zida "p" ko‗rinishida ham qo‗llaniladi: ulfat -ulpat kabi. Bunday
hodisa faqat - paqat, qarmoq - qalmoq, musulmon - musurmon so‗zlari talaffuzida
ham uchrab turadi. Bulardagi f-p, r-l, l-r almashinuvlarida fonetik qurshovning
ta‘siri yo‗q, ulardan ayrimlari tarixiy omillar, psixologik ko‗nikmalar ta‘sirida,
ayrimlari esa jonli so‗zlashuv ko‗nikmalari bilan bog‗liq ravishda yuz beradi.
Fakultativ ottenkalardan nutqda, ayniqsa, badiiy asar matnida uslubiy maqsadlarda
foydalanish hollari ham yo‗q emas. Shu sababli ottenkalarning bu turi ba‘zan
uslubiy ottenkalar deb ham nomlanadi.
3. Individual ottenkalar kishilarning anatomik-biologik jihatlari bilan bog‗liq
ravishda yuz beradigan talaffuz ko‗rinishlari (erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari
yoki nutq a‘zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan o‗zgarishlar). Bunday
ottenkalarning lisoniy (lingvistik) qiymati yo‗q, shunga ko‗ra ular tilshunoslikda
o‗rganilmaydi.
III. Tilshunoslikda ottenka, variatsiya va variant atamalari uchrab turadi.
Ottenka va
variatsiya atamalari, aslida, bir tushunchani - bir fonemaning nutqdagi
turli ko‗rinishlarini ifodalaydi. Ulardan biri (ottenka atamasi) L.V. Shcherba
nazariyasiga, ikkinchisi (variatsiya atamasi) esa Moskva fonologiya maktabiga
xosdir. Masalan, "d" ning odam va ozod so‗zdaridagi ikki xil ko‗rinishi (jarangli
"d" va jarangsiz "t") bir fonemanishg ikkita ottenkasi (L.V. Shcherba
terminologiyasiga ko‗ra) yoki ikkita variatsiyasi (Moskva fonologiya maktabi
terminologiyasiga ko‗ra) xisoblanadi. Variant - atamasi tilshunoslikda ikki xil
ma‘noda qo‗llanmoqda: Moskva fonologiya maktabi vakillari ishlarida variant ikki
fonemaning kuchsiz pozitsiyada mo‗‘tadillashuvidan (neytralizatsiyalanishidan)
yuzaga kelgan bir xil ko‗rinishdir. Masalan, "savod" va "savat" (talaffuzda "savot"
va "savat") kabi. Bunda "d" va "t" fonemalarining so‗z ichida mo‗‘tadillashuvi
sodir bo‗lgan: d-t>T kabi. Bu ko‗rinish variant deb nomlanadi, u "d" va "t"
51
fonemalarining nutqdagi vakili bo‗lganligi uchun "d" va "t" larning ikkalasi
giperfonema ("fonemalar guruhi") deb nomlanadi.
1
Praga tilshunosligi vakillari ishlarida
variant atamasi ko‗prok ottenka (bir
fonemaning ikki-uch xil ko‗rinishi) ma‘nosida qo‗llaniladi. O‗zbek tilshunosligida
ham bu atama ko‗proq shu ma‘noda ishlatilmoqda.
2
IV. Tilshunoslikda fonema ottenkalari, variatsiyalari va variantlari kabi
tushunchalarning kashf etilishi faqat nazariy jihatdangina emas, balki amaliy
jihatdan ham e‘tiborga loyiqdir. Bunday kashfiyot nutq va til hodisalarini, tilning
moddiy va mavhum birliklarini farqlash bilan birga, fone-malar bilan ottenkalar
o‗rtasidagi umumiylik, xususiylik va alohidalik munosabatlarini anglab olish, ko‗p
sonli tovushlarni ma‘lum miqdordagi fonemalarga birlashtirish, shu asosda
alifbodagi harflar miqdorini ham cheklash imkonini beradi. Ayni shu jihatlarning
o‗tmishda yetarli hisobga olinmaganligi uzoq yillar davomida ko‗pchilik
xalqlarning adabiy til me‘yorlarini belgilashda, alifbo tarkibini shakllantirishda,
imlo qoidalarini tuzishda qator qiyinchiliklarga sabab bo‗lganligi tarixdan ma‘lum.
O‗zbek tilshunosligi ham bundan mustasno emas.
Dostları ilə paylaş: