IV.
Leningrad (xozirgi S. - Peterburg) fonologiya maktabi, yuqorida
qayd etilganidek, akad. L.V. Shcherba g‗oyalariga tayanadi. Bu maktab vakillari
orasida XX asr tilshunosligining yirik namoyandalari bor: M.I. Matusevich, L.R.
Zinder, A.N. Gvozdev, Ya.V. Loya va boshqalar shular jumlasidandir.
Leningrad fonologiya maktabi nazariyasida fonemaga oid quyidagi qarashlar
tayanch g‗oyalar tarzida ta‘kidlanadi:
1. Fonemalarning so‗zlarni va so‗z shakllarini farqlash vazifalari bor. 2.
Fonema turli ottenkalar majmuidan iborat tovush tipidir.
3. Fonema nutq oqimining bo‗linmas birligidir.
4. Fonemalar tarkibi tarixan o‗zgarib turadi.
1
5. Nutqning fonemalarga bo‗linishi.
6. So‗zlarning minimal juftliklari.
7. Fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo‗yiladi.
8. Fonemalar sistemasi.
9. Boshqa tillardan o‗zlashtirilgan so‗zlar muayyan til fonemalari tarkibining
rivojiga ta‘sir o‗tkazishi mumkin.
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan belgilar xisobga olinib, Leningrad fonologiya
maktabida fonemaga quyidagicha ta‘rif beriladi: tarixan tarkib topgan, nutq
oqimida boshqa bo‗laklarga parchalanmaydigan, fonologik tizimda bir-biriga
qarama-qarshi qo‗yiladigan, mustaqil ahamiyatga ega bo‗lishi mumkin bo‗lgan,
so‗z yoki grammatik formalarning tovush tarkibiga kirib, ularni o‗zaro farqlash
imkonini beradigan til birligi fonema deyiladi. Nutqdagi turli fonetik pozitsiyalarda
fonemaning turli ottenkalari qatnashadi.
2
V.
Dostları ilə paylaş: |