Kopengagen struktural tilshunosligi maktabi 1931 yilda struktural
tilshunoslikning daniyalik vakillari V. Bryondal, X. Uldal va L. Yelmslev
tomonidan tashkil etilgan. Bu maktabning fonetika fonologiya haqidagi qarashlari
L.Yelmslevning "Til nazariyasiga oid mulohazalar" (1943) "Tilshunoslikda
struktural tahlil metodi" (1950-1951), "Til va nutq" (1942), V. Bryondalning
"Struktural tilshunoslik" (1939), X Uldalning "Glossematika asoslari" (1957) kabi
ishlarida va bir qator maqolalarida bayon etilgan. Xusasan, fonema belgining
shunday komponentiki, u o‗z holicha mazmunga ega emas, ammo mazmun jihati
bor bo‗lgan birliklarning, masalan, so‗zlarning tarkib topishida ishtirok etadi.
2
Kopengagen tilshunosligi nazariyasining tovush va fonemaga oid qismini
quyidagicha izoxlash mumkin:
1. Muayyan tilda tartiblashtirilgan (sistemalashtirilgan) tovushlar zanjiri shu
tilning ifoda substansiyasi bo‗ladi. Fonema ana shu substansiya birligidir.
2. Fonema belgining (mas., so‗zning yoki morfemaning) ifoda jihatiga
mansub figuradir. U belgining fonetik tarkibidagi eng kichik komponent sanaladi,
bu komponent L. Yelmslev tomonidan taksema deb ham ataladi.
3. Fonemaning mazmun plani yo‗q. U mazmun plani bor bo‗lgan birlik (ikki
tomonlama belgi) tarkibidagina lisoniy qiymatga ega. Mas., ich va uch, til va dil
so‗zlarining shakl va ma‘no munosabatlari shu so‗zlar tarkibidagi i-u, t-d
tovushlari almashinuviga bog‗liq bo‗lgani kabi. Demak, fonemalar belgilar
sistemasiga belgining qismi sifatidagina kiradi.
4. Glossematika nazariyasiga ko‗ra sistema matn tahlili asosida aniqlanadi.
Bunday tahlil matnning ichki tuzilishida butun-bo‗lak munosabati borligini
ko‗rsatadi: period – gap – so‗z – bo‗g‗in – fonema. Demak, fonema bunday
munosabatlar tizimidagi eng so‗nggi figura sanaladi.
1
1
Хэррис 3.C. Метод в структуральной лингвистике // В.А.Звегинцев. История языкознания XIX и XX веков в очерках и извлечениях.
Часть II. М., 1960. С. 153-171. Яна каранг: Абдуазизов А.А. Фонологияда дистрибутив методнинг қўлланилиши. // Баскаков Н.А.,
Содиков А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. Тошкент.: Ўкитувчи,1979. 55-61-бетлар.
2
Ельмслев Л. Метод структурного анализа в лингвистике // Звегинцев В.А. История языкознания XIX и XX веков в очерках и
извлечениях. Часть II. С.56.
1
Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й. 51-бет.
|