2.3. Fonemalarda invariant va variant munosabati
Fonologik sathda invariant-variantlilik munosabati ko‗pchilik tomonidan
tilga olingan bo‗lsa-da, invariantni qanday belgilash muammosi turlicha talqin
qilinadi.
Fonologik sathda umumiylik-xususiylik dialektikasi fonologik birliklarning
tasnif va tahlilida ham aks etadi. Fonologik tasnif va tahlilda fonemalar
paradigmatik va sintagmatik jihatdan qaraladi. Fonemalar paradigmatik jihatdan
o‗rganilganda, har bir fonemaning muayyan tilning fonologik sistemasidagi
boshqa fonema bilan assotsiativ munosabati, ularning bir-biri bilan ongdagi
qiyosi tushu-niladi. Fonemalarni paradigmatik planda o‗rganish orqali qiyoslana-
yotgan fonemalarning farqlovchi (differensial) va farqlanmaydigan
(nodifferensial) belgilari aniqlanadi.
2
Shunday qilib, paradigmatik munosabat
orqali fonemalarning qanday belgilardan tashkil topgan umumlashma ekanligi
belgilanadi. Sintagmatik jihatdan esa ularning nutq jarayonidagi turli xil
artikulyatsion-akustik o‗zgarishlari o‗rganiladi.
3
Dostları ilə paylaş: |