75
Bir bo‗g‗inli so‗zlarda bunday o‗zgarishlar sezilmaydi. Lekin ayrim
so‗zlarda, masalan, yoq (tomon) va yo‗q so‗zlarida q>g‗ ga o‗tadi.
Bir yog‗i uzumzor, bir yog‗i mevazor.
Bor-yo‗g‗idan ayrildi kabi.
X – fonemasi chuqur til orqa q ning spirantidir: xabar, xat, xizmat, xirmon,
no‗xat, yaxshi. X fonemasi asosan o‗zlashgan so‗zlar tarkibida uchraydi.
g‗ – chuqur til orqa, spirant: g‗azab, g‗alaba, g‗ayrat, g‗o‗za, tog‗, bog‗,
sog‗lom, sog‗inch. Bog‗, tog‗ kabi so‗zlarga jo‗nalish kelishigi qo‗shimchasi
qo‗shilganda, g‗ > q ga o‗tadi va yozuvda ham saqlanadi:
bog‗>boqqa
tog‗>toqqa
H – sirg‗aluvchi, bo‗g‗iz tovush. Havas, hayot, hazil, hayvon, mahkam,
muhokama.
Dostları ilə paylaş: