11
I BOB
FONETIKA VA UNING BIRLIKLARI
1.1§. Nutq tovushlarining biologik va fizik-akustik tabiati
Til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi
sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq
tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy
qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) birlamchi vazifasi
insonning fiziologik a‘zosi. Bunday a‘zo sifatida ular inson organizmining normal
yashashi uchun zarur bo‗lgan tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. 2)
Ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat homo sapiyens ga xos xususiyatlar
bo‗lib, birlamchi vazifasi ustiga qo‗shimcha vazifa – ma‘lum nutq tovushlarini
talaffuz qilish vazifasi qo‗shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning va
ham tilshunoslikning tekshirish ob‘ekti bo‗ladi.
Har bir nutq tovushi uch belgini o‗zida mujassamlaydi: 1) akustik; 2)
artikulyatsion; 3) vazifaviy (funksional).
Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo‗lish mumkin. 1)
nutq a‘zolarining anatomiyasi; 2) nutq a‘zolarining fiziologiyasi; 3) nutq
a‘zolarining ijro kechimi.
Unli tovushlar ham, undosh tovushlar ham artikulyatsion belgiga ega. Unli
yoki undosh tovushlarning yuzaga chiqishida ishtirok etadigan nutq organlari
belgisi artikulyatsion belgi sanaladi. Bu belgiga ko‗ra nutq tovushining tavsifi esa
artikulyatsion (fiziologik) tavsif sanaladi. Masalan, unlilar tavsifida lab ishtiroki
belgisi va og‗izning ochilishi darajasi (tilning ko‗tarilish darajasi) belgisi fiziologik
tavsif uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. Undoshlar tavsifida esa undoshlarning
paydo bo‗lish o‗rni belgisi (bo‗g‗iz tovushlari, til tovushlari – til orqa, til o‗rta til
oldi tovushlari, lab tovushlari, lab-lab, lab-tish tovushlari, tanglay va burun
tovushlari) fiziologik jihatdan tavsif asosi bo‗ladi.
12
Nutq a‘zolarining anatomiyasi deyilganda, shu a‘zolarning shakli, tuzilishi,
o‗rni nazarda tutiladi. Bunday a‘zolar quyidagi apparatlarga birlashadi:
a) nafas apparati — o‗pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‗krak qafasi (1-rasm).
Dostları ilə paylaş: