Seminar mashg’uloti uchun topshiriq Samarqand shahar Sartepa maskanida yashovchi bir guruh
fuqarolar ko’p qavatli uylarning oldidagi qurilishdan norozi bo’lishdi.
Quruvchi tashkilot taqdim etgan hujjatda (Samarqand shahar hokimi
qarori) qurilishni Sartepa maskanidagi 180-uy va MTM o’rtasida
boshlashga ruxsat berilgan. Qurilish esa 180-uy emas, 18-“А” uy
biqinida boshlangan edi. Dorixona qurilishi olib borilayotgan mazkur
er ko’p qavatli uyda yashovchilarning ma’raka-marosimlarini
o’tkazadigan bo’sh joy bo’lgan. Daraxtlar soya qilib turgan bu erdan
ko’p qavatli uylarda yashaydigan oilalar farzandlari bolalar
maydonchasi sifatida foydalanishgan. Murojaatchilar quruvchidan
nega ruxsat berilmagan erga qurilish qilayotgani haqida so’rashganida,
ular hokim qarorini 12 kun ichida o’zgartirib kelishlarini iddao
qilishgan..