KАZUS (MUАMMOLI VАZIYAT)NI TАHLIL QILISh BO’YICHА USLUBIY TАVSIYALАR “Ma’muriy huquq va protsess” moduli bo’yicha kazus (muammoli vaziyat)larni tahlil qilishda quyidagi tartibotga amal qilish tavsiya etiladi: 1. Mazkur kazusning Ma’muriy huquqqa aloqador jihatlarini tahlil qiling: Talaba mazkur qismni bayon qilishda kazusning ma’muriy-
huquqiy munosabat doirasidagi holat ekanligini asoslab berishi lozim
bo’ladi. Bu orqali talabada fan predmetini muayyan vaziyat doirasida
tahlil qilish qobiliyati shakllanadi. 2. Kazusdagi huquqiy muammolar doirasini belgilang: Talaba mazkur qismni bayon qilishda tegishli huquqni qo’llash
jarayonidagi nomuvofiqliklarni aniqlaydi va ularning doirasini
belgilaydi. Jumladan, ushbu qismni quyidagi tartibda bayon qilishi
mumkin bo’ladi: “Berilgan kazusda tegishli qonun hujjatlarining qo’llanilishi borasidagi quyidagi muammolarni ajratib ko’rsatish mumkin: Birinchidan,...Ikkinchidan,....”