Yuridik kollejlari


Vaziyatga huquqiy baho bering



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Vaziyatga huquqiy baho bering. 
 
NАMUNАVIY EChIM 
Yuqorida  bizga  berilgan  masalada  harbiy  xizmatchining  imtiyoz 
olish  tartib-taomili  O’zbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligi, 
O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi,  O’zbekiston 
Respublikasi  Milliy  Xavfsizlik  Xizmatining  “Muddatli  harbiy 
xizmatni  o’tayotgan  harbiy  xizmatchilarga  O’zbekiston  Respublikasi 
oliy  ta’lim  muassasalariga  o’qishga  kirish  uchun  tavsiyanomalar 
berish  tartibi  to’g’risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida”gi  qarorida 
belgilangan. 
Unga 
ko’ra 
ma’muriy 
protsess 
boshqaruv 
kontseptsiyasining  tashqi  boshqaruv  ya’ni  huquqni  qo’llash  protsessi 
asosida  amalga  oshiriladi.  Shuningdek,  “Muddatli  harbiy  xizmatni 


131
 
o’tayotgan harbiy xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim 
muassasalariga  o’qishga  kirish  uchun  tavsiyanomalar  berish  tartibi 
to’g’risidagi”  Nizomning  1-bandiga  muvofiq  tavsiyanomalar 
O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  safida  muddatli  harbiy 
xizmatni o’tab bo’lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda 
yuqori natijalarga erishgan, zarur bilim darajasiga va na’munali harbiy 
intizomga  ega  munosib  harbiy  xizmatchilarga  harbiy  qism 
komandirlari tomonidan beriladi
1
. Mazkur nizomning 3-bandiga ko’ra 
muddatli  harbiy  xizmatchiga  tavsiyanoma  berish  to’g’risidagi  qaror 
harbiy  qism  komandiri  tomonidan  ushbu  harbiy  xizmatchining 
bevosita  komandirlari  taqdim  etgan  taqdimnoma  va  muddatli  harbiy 
xizmatchilarning  umumiy  yig’ilishida  qabul  qilingan  qarorga  asosan 
qabul  qilinadi.  Bunda,  muddatli  harbiy  xizmatchining  xizmat 
davridagi harbiy intizomi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik 
davomida  erishgan  natijalari  hamda  muddatli  harbiy  xizmatchilar 
tomonidan  jangovar  va  ma’naviy-ma’rifiy  tayyorgarlik  dasturlarining 
o’zlashtirilishiga  oid  yakuniy  baholarni  aniqlash  maqsadida 
o’tkazilgan test sinovlarining natijalari inobatga olinadi. 
Yuqoridagi  masalada  tavsiyanoma  olgan  fuqaro  S.Samadov 
Toshkent  moliya  institutiga  topshirishga  qaror  qildi.  Lekin,  2014-yil 
may oyida e’tiborsizligi tufayli ushbu tavsiyanomani yo’qotib qo’ydi. 
Fuqaro  S.Samadov  tavsiyanomani  tiklash  bo’yicha  Samarqand 
viloyati  Bulung’ur  tumani  mudofaa  bo’limiga  murojaat  qildi. 
Samarqand  viloyati  Bulung’ur  tumani  Mudofaa  bo’limi  xodimi 
N.Fayziev  tavsiyanomani  tiklash  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasi 
Mudofaa  vazirligiga  murojaat  qilishi  lozimligini  ta’kidlab  o’tdi. 
Bundan  norozi  bo’lgan  S.Samadov  sudga  shikoyat  bilan  murojaat 
qildi.  Bu  yustitsion  kontseptsiya  hisoblanadi.  Аslida  Samarqand 
viloyati  Bulung’ur  tumani  Mudofaa  bo’limi  fuqaroning  murojaatini 
O’zbekiston  Respublikasining  “Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning 
murojaatlari  to’g’risida”  Qonunining  18-moddasiga  muvofiq  davlat 
organiga  kelib  tushgan  murojaatlar  shu  organ  tomonidan  yoki  uning 
murojaatlarni  ko’rib  chiqish  bo’yicha  majburiyatlar  zimmasiga 
yuklatilgan  mansabdor  shaxsi  tomonidan  ko’rib  chiqiladi.  Qo’yilgan 
                                                        
1
 O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2012 yil 
23 oktyabrdagi 11, 33, 113-sonli qaroriga ilova 


132 
masalalarni  hal  etish  o’zining  vakolat  doirasiga  kirmaydigan  davlat 
organiga  kelib  tushgan  murojaatlar  besh  kunlik  muddatdan 
kechiktirmay  tegishli  organlarga  yuborilib,  bu  haqda  murojaat 
etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi. Murojaatlarni 
ko’rib  chiqish  uchun  asossiz  ravishda  boshqa  davlat  organlariga 
o’tkazish  yoxud  qarorlari  yoki  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan 
shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish 
ta’qiqlanadi. 
Ushbu  holda  Samarqand  viloyati  Bulung’ur  tumani  Mudofaa 
bo’limi xodimi N.Fayziev tavsiyanomani tiklash bo’yicha O’zbekiston 
Respublikasi  Mudofaa  vazirligiga  murojaat  qilishi  lozimligini 
ta’kidlab  o’tdi.  Lekin  “Muddatli  harbiy  xizmatni  o’tayotgan  harbiy 
xizmatchilarga  O’zbekiston  Respublikasi  oliy  ta’lim  muassasalariga 
o’qishga  kirish  uchun  tavsiyanomalar  berish  tartibi  to’g’risidagi” 
NIZOMning 14-bandining 4-qismiga ko’ra yo’qotilgan  yoki  yaroqsiz 
holga kelgan tavsiyanomaning o’rniga uning egasining arizasiga ko’ra 
harbiy  qism  komandirining  buyrug’i  bilan  dublikat  beriladi. 
Tavsiyanoma  egasi  uning  yo’qolganligi  haqida  davriy  matbuotda 
e’lon  berishi  va  e’lon  nusxasini  harbiy  qismga  taqdim  etishi  kerak
1

Ya’ni  fuqaro  bevosita  o’zi  tomonidan  muddatli  harbiy  xizmatni 
o’tagan harbiy qismga ariza bilan murojaat qilishi lozim edi. Lekin u 
Samarqand  viloyati  Bulung’ur  tumani  Mudofaa  bo’limiga  murojaat 
qildi.  O’z  navbatida  Samarqand  viloyati  Bulung’ur  tumani  Mudofaa 
bo’limi  xodimi  N.Fayziev  “Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning 
murojaatlari 
to’g’risida”  Qonunining  18-moddasiga  muvofiq 
belgilangan  muddat  ichida  uni  O’zbekiston  Respublikasi  Mudofaa 
vazirligiga  murojaat  qilishi  lozimligini  aytadi.  Natijada  fuqaro 
S.Samadov  tegishlicha  tuman  fuqarolik  sudiga  ya’ni  o’zi  doimiy 
yashaydigan  tuman  ma’muriy  sudga  shikoyat  qiladi.  Chunki, 
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi 
kodeksga  asosan,  fuqaro  o’zining  huquqlari  va  erkinliklarini 
buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar)  ustidan  bevosita  sudga  yoki 
bo’ysunuv  tartibida  yuqori  organga,  mansabdor  shaxsga  murojaat 
qilishga  haqli.  Bo’ysunuv  tartibidagi  yuqori  organ  va  mansabdor 
                                                        
1
 O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2012 yil 
23 oktyabrdagi 11, 33, 113-sonli qaroriga ilova 


133
 
shaxslar  shikoyatni  bir  oy  muddat  ichida  ko’rib  chiqishi  shart.  Аgar 
fuqaroning  shikoyatiga  rad  javobi  berilsa  yoki  u  shikoyat  bergan 
kunidan  e’tiboran  bir  oy  ichida  javob  olmasa,  shikoyat  bilan  sudga 
murojaat qilishga haqli.  
Sud  tomonidan  fuqaroning  murojaati  ko’rib  chiqilib  hal  qiluv 
qarori qabul qilinadi.  
Xulosa  qilib  aytganda,  yuqoridagi  masalani  huquqiy  tahlil  etgan 
holda quyidagicha echimga kelishimiz mumkin: 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin