Mazkur holatga huquqiy baho bering. 11-masala “K” MFY raisi G.G. boshchiligidagi nafaqa tayinlash
komissiyasining 2017-yil 15-apreldagi 5-sonli qarori bilan yashash
sharoiti yuqori degan asos bo’yicha fuqaro D.D.ga 2017-yil 2-
yanvarda tug’ilgan bolasi А.А. ikki yoshga to’lgunga qadar bola
parvarishi bo’yicha nafaqa tayinlash rad etilgan va bu haqda 2017-yil
26-apreldagi 55-sonli xat orqali unga xabar berilgan. Bundan norozi
bo’lgan D.D. sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar “K” MFY
raisi (oqsoqoli)ning D.D.ga bolaga ikki yoshgacha nafaqa tayinlash
haqidagi talabni rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga
xilof deb topishni, uning zimmasiga nafaqa tayinlash majburiyatini
yuklashni so’ragan. Shahar ma’muriy sudining hal qiluv qarori bilan
arz qilingan talabni qanoatlantirish rad qilingan.