Yuridik kollejlari


Mazkur holatga huquqiy baho bering



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Mazkur holatga huquqiy baho bering. 
 
20-masala 
Xo’jalik  subyektlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo’yicha 
kengashning  reja-jadvali  va  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  qoshidagi  Neft  mahsulotlari  va  gazdan  foydalanishni 
nazorat  qilish  bo’yicha  O’zbekiston  davlat  inspeksiyasi  viloyat 
hududiy  bo’limi  boshlig’ining  buyrug’i  asosida  MChJ  ga  qarashli 
avtomobil  gaz  to’ldiruvchi  kompressor  stantsiyasining  (АGTKS) 
2016-yil  1-maydan  2016-yil  20-maygacha  bo’lgan  davrdagi  faoliyati 
suyultirilgan  uglevodorodli  va  siqilgan  tabiiy  gazni  qabul  qilish, 
taqsimlash,  sotish,  hisob-kitob  qilish  va  hisobini  yuritish  qoidalariga 
amal qilinishi nuqati nazaridan tekshirildi.  
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, MChJ o’zboshimchalik bilan 
gaz tarmoqlariga PG-4 plitasini va ikkita isitish qozonini ulagan, va bu 
haqda 
tegishli 
dalolatnoma 
tuzildi. 
Dalolatnoma 
asosida 
“O’zdavneftegazoinspeksiya”  tomonidan  MChJ  ga  noqonuniy 
sarflangan gaz qiymatining 10 baravari hajmida jarima yuklash haqida 
qaror  qabul  qilindi,  va  u  keyinchalik  jamiyatga  jarimani  ixtiyoriy 
ravishda to’lash taklifi bilan birga yuborildi. MChJ jarimani ixtiyoriy 
ravishda 
to’lamaganligi 
bois, 
“O’zdavneftegazoinspeksiya” 
iqtisodiyot  sudiga  unga  nisbatan  6  914  510  so’m  hajmida  moliyaviy 
chora ko’rish haqida ariza bilan murojaat etdi.  


147
 
MChJ  ning  fikricha,  u  Yagona  davlat  xizmatlari  portali 
(my.gov.uz)  orqali  tuman  gaz  tashkilotiga  uch  marotaba  murojaat 
qilgan,  ular  esa  o’z  navbatida  noqonuniy  ravishda  gaz  ta’minotiga 
ulanishga ruxsat bermagan. Shu sababli jamiyat o’zboshimchalik bilan 
ulanishga  majbur  bo’lgan  va  MChJ  tuman  gaz  ta’minot  tashkilotini 
o’z vaqtida xizmat ko’rsatmaslikda ayblagan.  

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin