Sog’liqni saqlash sohasini boshqaruvchi davlat organlari tizimi va ularning vazifalari qanday? O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi sog’liqni
saqlash davlat boshqaruvi markaziy organi hisoblanadi va u o’z
faoliyatida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
bo’ysunadi. Sog’liqni saqlash vazirligi o’z ishini respublikaning davlat
boshqaruvi
boshqa
organlari,
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
viloyatlar, Toshkent shahar ijro etuvchi organlari va jamoat
tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Vazirlikka O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
bilan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan,
keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tasdiqlash uchun
taqdim etiladigan Vazir boshchilik qiladi. Vazir Vazirlikka yuklangan
vazifalar bajarilishi va uning o’z funksiyalarini amalga oshirishi uchun
shaxsan javob beradi. Vazirning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod
etiladigan birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari bo’ladi.
Sohadagi davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni