Yuridik kollejlari


Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda jamoatchilik



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda jamoatchilik 
nazoratining o’rni qanday? 
Davlat boshqaruvida qonuniylik ta’minlashda jamoat nazoratining 
tutgan  o’rni  kattadir.  Jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirishning 
huquqiy  asosi  2018  yil  12  aprel  kuni  qabul  qilingan  “Jamoatchilik 
nazorati 
to’g’risida”gi  Qonundir
1

O’zbekiston  Respublikasi 
fuqarolari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek 
qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ro’yxatga  olingan  nodavlat 
notijorat  tashkilotlari,  ommaviy  axborot  vositalari  jamoatchilik 
                                                        
1
 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2018 y., 03/18/474/1062-son 


71
 
nazorati 
subyektlaridir. 
Jamoatchilik 
nazorati 
jamoatchilik 
kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari 
tomonidan  ham  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshirilishi 
mumkin. 
Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: 

 davlat organlariga murojaatlar va so’rovlar; 

 davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish; 

 jamoatchilik muhokamasi; 

 jamoatchilik eshituvi; 

 jamoatchilik monitoringi; 

 jamoatchilik ekspertizasi; 

 jamoatchilik fikrini o’rganish; 

 fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan davlat 
organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish. 
Jamoatchilik  nazorati  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 
shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Jamoatchilik  nazoratining  natijalariga  ko’ra  bayonnoma,  xulosa, 
ma’lumotnoma  shaklida  yoxud  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin. 
Yakuniy hujjat axborot va tavsiya xususiyatiga ega bo’ladi. 
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat 
organlari tomonidan majburiy tartibda ko’rib chiqiladi hamda ular yu-
zasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi. 
 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin