O‘zbekiston respublikasi


Inkorni  dialektik  tushunish



Yüklə 306,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix31.12.2021
ölçüsü306,38 Kb.
#112899
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar

Inkorni  dialektik  tushunish  yangining  eski  bilan  oddiy  almashuvi  bo‘lmasdan,  balki 

eskining  bag‘rida  vujudga  kelib,  undan  foydalanib,  qaror  topishini  tan  olishdir.  Dialektik 

inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy 

jarayon  bo‘lganligi  uchun  taraqqiyotning  muhim  sharti  hisoblansa;  ikkinchisi,  u  yangini  eski 

bilan vorisiy bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi.Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega 

shunday  deb  atalishini  izohlamoq  lozim.  Falsafaning  bu  ta'limotini  ikki  marta  takrorlanuvchi 

inkorda  ifodalanishi  olamdagi  narsa  va  hodisalarning  doimiy  ravishda  o‘zgarib,  bir  holatdan 

ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. 

Bu  qonunga  ko‘ra,  har  bir  mavjud  bo‘lgan  narsa  va  hodisa  o‘zigacha  bo‘lgan  sifat  va 

miqdor  inkor  etilishining  mahsuli,  shu  bilan  birga,  ana  shu  narsa  va  hodisalarning  o‘zi  ham 

sharoitning o‘zgarishi, vaqtning o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va 

hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘proq inkor etishlar bilan amalga 

oshadi.  Insoniyat  tarixi  -  avlodlar  almashinuvi  tarixidir,  deyilganida  ham  ana  shunday  hol 

nazarda tutiladi. 

Inkorni  inkorning  yana  bir  muhim  belgisi  shuki,  taraqqiyotdagi  davriylikning  muayyan 

halqasida,  ya'ni  navbatdagi  inkor  bosqichida  uning  oldingi  bosqichidagi  ba'zi  belgilar 

takrorlanadi.  Masalan,  don  o‘simlikdan  yana  donlarga  aylanadi,  keyinroq  yana  o‘simlikka  va 

hokazo.Inkorni  inkorning  amal  qilishi  tufayli  taraqqiyot  to‘g‘ri  chiziq  shaklida  emas,  doira 

shaklida bo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv 

uning  oxirgi  nuqta  bilan  tutashishi  bo‘lmasdan,  balki  yuqori  bosqichda  sodir  bo‘lishi  sababli 

taraqqiyot  spiral  shaklga  ega  bo‘ladi.  Bu  spiralning  har  bir  yangi  o‘rami  oldingi  o‘ramiga 

nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi. 

Dialektik  inkor  yangi  bilan  eski  o‘rtasidagi  bog‘lanishni  butkul  rad  qiladi,  deb 

tushunmaslik  kerak.  Yangi  qanchalik  ilg‘or  bo‘lmasin,  u  yo‘q  joydan  paydo  bo‘lmaydi,  balki 




 

10 


 

eskining  qobig‘ida  asta-sekin  shakllanadi.  Shuning  uchun  ham  ko‘p  hollarda  eskidan  yangiga 

o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi 

va  rivojlanish  davom  ettiriladi.  Demak,  yangi  bilan  eski  o‘rtasida  vorislik  mavjuddir.  Inkorni 

inkor  qonuni  taraqqiyotda  vorislik  va  qaytariluvchanlikning  birligini  tavsiflaydi.  Dialektik 

inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat. 

Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y berayotgan hodisalar 

mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan 

o‘zgarishlar  hamma  narsani  butunlay  yo‘q  qilishni  bildirmaydi.  Aksincha,  bu  —  xalqimiz 

taraqqiyoti  jarayonida  erishilgan  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy,  ma'naviy  yutuqlarni  saqlab  qolib, 

ularni  yanada  boyitib,  rivojlantirishdan  iboratdir.  Mazkur  jarayonning  asosiy  tamoyili  Islom 

Karimovning  yangisini  qurmasdan,  eskini  buzmaslik  lozimligi  to‘g‘risidagi  xulosasida  yaqqol 

o‘z asosini topgan. 

Har  qanday  fanning  o‘ziga  xos  qonunlari  va  asosiy  tushunchalari  bo‘ladi.  Masalan, 

fizikada fizik qonunlar, og‘irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin. 

Ularning  aksariyati  bu  fan  tarixida  chuqur  iz  qoldirgan  mashhur  olimlarnining  nomi  bilan 

bog‘langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo. Matematikani esa Pifagor, 

al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Xuddi shunday falsafaning fanlik 

maqomini  belgilaydigan  asosiy  tamoyillar,  qonunlar  va  kategoriyalar  tizimi  ham  bor.  Ularni 

o‘rganishdan  avval,  qonun  va  kategoriya  tushunchalarining  mazmunini  aniqlab  olish  zarur. 

An'anaviy tavsiflarga ko‘ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi 

jarayonidagi  eng  muhim,  zaruriy,  nisbatan  barqaror,  doimiy  takrorlanib  turuvchi,  ichki  o‘zaro 

bog‘lanishlar,  aloqalar,  munosabatlarning  mantiqiy  ifodasi  ekanligini  ko‘rib  o‘tdik.  Endi 

kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik. 




Yüklə 306,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin