Iqtisodiy tizimlar va doiraviy aylanishlar modeli
.
54
Doiraviy aylanishlarning mazkur bosqichida uy xo‘jaliklari tegishli resurs
bozorlaridan o‘zlari taqdim qilgan iqtisodiy resurslar uchun omilli daromadlarni
(foiz (r), renta (R), ish haqi (IH), me’yorlaridagi foyda (Pm))ni o‘zlashtiradi. Bu
daromadlar resurslar bozorida talab va taklif ta’sirida shakllanib, alohida olingan
resurslar narxi sifatida chiqadi.
II. Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi (III) o‘z miqdori va
tarkibi bo‘yicha resurslar bozoridagi ularning taklifi (II) ga mos kelishi kerak.
Doiraviy aylanishlar modelining bu bosqichida korxona (firma)lar talab bildirgan
resurslari evaziga tegishli sarf-xarajat (W)larni amalga oshiradi. Iqtisodiy resurslar
aynan shu bosqichda ishlab chiqarish omillariga yoki unumli kapitalga (Ku)
aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |