23
aloqalar ishonchlilik bo’yicha bir xil baholi bo’lsa, mazkur tizim bajaradigan
funksiyalarning o’rnatilgan hajmi qiziqtirayotgan davr istalgan momentida
bog’lanishni saqlagan qutblar juftligi o’rta ulushi yoki ulushinig matematik
kutilmasi sifatida ifodalanishi mumkin. Bu signalli tizimning ishonchlilik
ko’rsatgichi bo’ladi. Shu bilan birga saqlanayotgan aloqalarning talab qilingan
ulushi o’rtadan yuqoriroq o’rnatilishi mumkin. Bu xolda ko’p qutbli tarmoqning
ishonchlilik ko’rsatgichi bog’langan qutblarning juftligining ulushi (d
B.Q
) talab
etilgandan dT kam bo’lmaslik extimolligi r bo’ladi, ya’ni:
H
kqt
= r(d
B.Q
d
t
)
(1.3)
Oqimli ko’p qutbli tarmoqning ishonchliligi unda saqlanib qolgan
o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’rtacha (ko’rilayotgan davrda) ulushi yoki bu
ulush talab qilingandan kam emaslik ehtimolligi bo’yicha baxolanishi mumkin.
SHu bilan birga tarmoqni ishonchliligini yuqorida keltirilgan ko’rsatgichlar
yordamida qutblar orasida bog’lanishlarni differensiatsiya qilmasdan baxolash
noaniqlik keltirib chiqaradi. Masalan, agar ikkita ko’p qutbli tarmoqlarda saqlanib
qolgan aloqalar soni bir xil bo’lsa, lekin bittasida o’ta muhim aloqalar, ikkinchisida
esa uncha muhim bo’lmagan aloqalar barqaror ishlab tursa, u xolda ularni
ishonchlilik bo’yicha aniq taqqoslash mumkin bo’lmaydi.
Bunday noaniqlikni bartaraf etish uchun qutblar bilan aloqani muhimlik
darajasi bo’yicha (xizmat ko’rsatilayotgan boshqarish punktlarining muhimligiga
mos xolda) ikkita-uchta guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xar bir
guruhning solishtirma og’irligi (muhimligi) ekspertlash usulida o’rnatiladi va
tarmoq
buyurtmachisi
bilan
kelishiladi.
Normalovchi
shart
quyidagicha
ifodalanadi:
bunda m – aloqalar guruxining soni. Bu xolda saqlanib qolgan aloqalar (qutblar)
ulushi xar bir gurux bo’yicha d
i
xisoblanadi, ularni ko’p qutbli tarmoq bo’yicha
o’rta o’lchangan ulushi:
|