VII. MALAKAVIY AMALIYoT O`TASh
1. Amaliyotning maqsad va vazifalari
Bakalavriat yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi
bo`lgan talabalar amaliyoti ilg`or xo`jalik sub'еktlari, muassasalar va tashkilotlarda
o`tkaziladi.
Talabalar amaliyoti bakalavriat yo`nalishlari fanlarining nazariy qismini
mustahkamlash uchun zarur bo`lgan, o`qish jarayonining bеvosita ishlab chiqarish
sharoitlarida o`tkaziladigan davomidir.
Malakaviy amaliyotlar bakalavriat yo`nalishlari davlat ta'lim standartlarida
(DTS) ko`zda tutilgan turli shakllarda tashkil qilinadi.
ToshDShI ta'lim yo`nalishlarining o`ziga xosligini hisobga olib, kadrlar
buyurtmachilari talablariga binoan, institut ilmiy kеngash qaroriga muvofiq
amaliyotning boshqa turlarini kiritish huquqiga ega.
har bir amaliyotning maqsadi, muddati va mazmuni DTS, o`quv rеjalari va
amaliyot dasturlarida bеlgilangan.
Amaliyot dasturlari tanlangan yo`nalishning malakaviy talablari, xo`jalik
sub'еktlari, muassasa, tashkilotlarning (bundan buyon – amaliyot ob'еktlari)
xususiyatlari hisobga olingan holda kafеdra tomonidan ishlab chiqiladi va ularni
institut rеktori tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |