Koshg‘ariyning o‘z zamonasining buyuk tilshunos olimi ekanligidan dalolat
ajam» (arablar va g‘ayri arablar ustozi), «Faxri Xorazm» deb sharaflangan O‘rta
Osiyolik allomadir. Yanada chuqur bilim olish maqsadida u Isfaxon, Bag‘dod,
Makka, Marv, Nishopur, Shom, Hijoz, Iroq kabi shaharlarda tahsil oladi. Tinimsiz
o‘qish-o‘rganish, izlanish natijasida o‘z zamonasining yetuk olimiga aylanadi. U
tilshunoslik, lug‘atshunoslik, jug‘rofiya, adabiyot, aruz, tafsir, hadis, fikh va qiroat
ilmiga oid asarlar yozgan. Xususan, uning Makkada 1,5 yil davomida yaratgan
arab grammatikasiga oid «Al-mufassal» (1121 y.) kitobi alohida o‘rin tutadi. U
arab tilining morfologiyasi va sintaksisiga oid tadqiqot ishi bo‘lib, musulmon
olamida juda mashhur bo‘lgan va yuksak baholangan.
Dostları ilə paylaş: