tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik. U gap bilan so‘z
orasidagi oraliq nutqiy birlik - nutq mahsuli sifatida baholanadi va gap uchun
qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. So‘z birikmasi ham nominativ - atash
vazifasini bajaradi, uning ma’nosi tarkibidagi mustaqil so‘zlar ma’nolaridan kelib
chiqadi, biroq ushbu so‘zlar semantikasiga qaraganda aniqroq, chuqurroq,
o‘zaro tobe-hokim munosabatida bo‘ladi. Har bir so‘z birikmasi asosida so‘z
4. Gap – ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lgan, fikr ifodalash (axborot
olish va axborot berish), ya’ni kommunikatsiya akti birligi hisoblanadi. Gap
grammatik, intonatsion tugallikka ega bo‘lgan va muayyan hukmni bildiradigan
birlik. Ayni paytda gapda borliqqa munosabat– modallik ham ifodalanadi.
Til va nutq birliklari o‘zaro paradigmatik, sintagmatik va ierarxik
munosabatda bo‘ladi. Paradigmatik munosabat til birliklarining umumiy
grammatik ma’nolariga ko‘ra bir qatorga, paradigmaga birlashishi bo‘lib, bunga
misol sifatida so‘zlarning turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh,
asosiga ko‘ra farqlanishini keltirish mumkin. Masalan, kitob, kitobni, kitobning,
kitobda, kitobdan so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra qiyoslanadi va
muayyan til birliklarining vertikal yo‘nalishdagi imkoniyatlari sifatida baholanadi.
Nutqiy vaziyatda esa ulardan bittasigina voqelanadi.
Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik
munosabatga kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi
tushuniladi: kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi. Demak, paradigmatik
munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi bo‘lsa, sintagmatik
munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq
hodisasi sifatida qaraladi. Nutq jarayonida tovushdan so‘z, so‘zdan so‘z birikmasi,
so‘z birikmasidan gap hosil qilinishi, ularning asosida turgan til birliklari fonema,
morfema, leksemalarning ham muayyan til modelini hosil qilishda o‘zaro shunday
munosabatda turishi ularning ierarxik munosabatini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: