3.1. Ishning qisqacha mazmuni maqsad va vazifalari
Mamlakatimizda bo’layotgan iqtisodiy o’zgarishlar davrida
mineral hom ashyolar asosida energiya va resurs tejamkor
texnologiyalarni joriy qilib sifat korsatkichlari yuqori nisbatan
arzon mahsulotlarni xududlarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. Respublikamizda yuqori
suratli qurilish ashyolari ishlab chiqarishni yolga qoyish
maqsadida bir qancha qaror va dasturlar ishlab chiqildi va
amaliyotga joriy etilmoqda.
Shu orinda qadimiy yodgorliklari qayta tamirlash ularning
chiroyli badiiy bezaklarini uzoq muddatga hizmat qilish ucun
qatiy choralar ko’rilmoqda. Bu borada davlat dasturi asosida
qadimiy yodgorliklarni qayta tamirlash uchun fizik mexanik
xossalari yuqori bolgan keramik g’isht olish uchun bir qator
ilmiy izlanishlarni olib borilmoqda
Ekologik vaziyati qiyin tuproqning shorlanish darajasi yuqori
bolgan xududlarda ishlab chiqarilayotgan keramik g’isht tashqi
tasirlarga chidamsizlagi tufayli o’z xizmat muddatidan oldin
yaroqsiz holga kelib qolmoqda . Bunday sharoitda mexanik
mustaxkamlik chegarasi yuqori va kimyoviy jihatdan turg’un
bo’lgan keramik g’ishtlardan foydalanish tafsiya qilinadi
Shunday materiallardan biri klinker g’isht hisoblanadi Ananaviy
usulda klinker g’isht ishlab chiqarish sifati yuqori bo’lgan
qovushqoq u yuqori bog’lovchilik hossalariga ega bolgan
pishish intervali katta bolgan 80-100
0
C dan kam bo’lmagan
tuproqlar ishlatiladi. Ammo bu tur xom ashyo respublikamizda
taqchil zahirasi faqat ayrim xududlardagina mavjud Keyingi
yillarda chet el ilmiy tehnik manbalarda klinker g’isht ishlab
chiqarishda qumli soztuproq asosidagi kompozitsiyalardan
foydalanish mumkinligi to’g’risidagi malumotlar elon qilinib
borilmoqda Qumli soztuproq zahirasi esa Respublikamizda
yetarli darajada bo’lib deyarli barcha hududlarda uchraydi
Respublikamizda qadimiy yodgorliklarni tamirlash uchun fizik-
mehanik xossalari yuqori bolgan 300x300x50 olchamli keramik
g’isht olish yuzasidan olib borilayotgan
ilmiy tadqiqot ishlari
va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar yetarli emas
Qumli soztuproq sifatini yaxshilash maqsadida uni boyitish
texnologiyasiga oid malumotlar va tafsiyalar ham
adabiyotlarda yetarli darajada chop etilmagan Shuningdek
g’isht massasi tarkibiga texnogen chiqindi va koks kukuni
kiritib yoqilg’i energiyasi resurslarini tejashga oid malumotlar
va tafsiyalar ham adabiyotlarda yetarli darajada yoritilmagan.
Qumli soztuproq va tehnogen chiqindilarni qollagan holda
klinker G’isht olish texnologiysini ishlab chiqish bitiruv
malakaviy ishining asosiy maqsadi hisoblanadi Qoyilgan
maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olndi:
- Dastlabki hom ashyo va tehnogen chiqindilarni tarkib
hossalarini o’rganib chiqib keramik g’isht tarkiblarini ishlab
chiqish
- Keramik massani tayyorlash usulini va quyish rejimlarini
ishlab chiqish
- Fizik mexanik hossalari yuqori bolgan 300x300x50
olchamli keramik g’isht olishning energotejamkor texnologiyasini
yaratish
- Olingan natijalar asosida keramik g’isht ishlab
chiqarishning texnik iqtisodiy samaradorligini aniqlash
- Fizik mexanik hossalar yuqori bolgan 300x300x50
olchamli keramik g’isht ishl;ab chiqarish uchun xom ashyo
sifatida qumli soztuproq g’isht sinigi koks ishlatiladi Bu
usulda keramik g’isht ishlab chiqarishda bir xil tarkibli press
kukuni olnishi past sifatli hom ashyodan sifatli mahsulot ishlab
chiqarish imkonini beradi Sachratqichli quritgichda hosil
bo’lgan kukundan presslangan g’isht 2 barobar kam suv
shimuvchanlik 7 barobar kam ishqalanishga 3 barobar
mustahkamlikka ega.