O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar: 
1. Isitmasi yuqori bemorlarni aktiv va passiv aniqlash. May oyidan to oktyabr 
oyigacha  bo’lgan  davrda  medicina  xodimlari  o’zlariga  biriktirilgan  har  bir 
xonadonga  haftada  1  marta  kirib  chiqishlari  lozim.  Isitmasi  bor  barcha  bemorlar 
birinchi  kuniyoq,  vrach  ko’rigidan  o’tishlari  lozim,  agarda  u  tif-paratifoz 
kasalligiga Shubha qilingan bo’lsa, provizor bo’limi yoki palataga yotqiziladi. 
2.  Barcha  provizor  bo’limiga  yotqizilgan  isitmasi  bor  bemorlar  birinchi  24 
soat  mobaynida  gemokulturaga  tekshirilishi  kerak,  bundan  tashqari  diagnozi 
aniqlanmagan holda 3 kundan ortiq isitmalab yotgan shaxslar ham gemokulturaga 
tekshiriladi. 
3. Barcha diagnozi aniqlanmagan bemorlar yoki gripp, bronxit, O’RK diagnoz 
qo’yilgan  va  isitmasi  3  kundan  ortiq  ko’tarilgan,  hamda  ambulatoriya  sharoitida 
davolash uchun uyida qoldirilgan bemorlar qoni gemokulturaga tekshiriladi. 
4.  Epidemiyaga  qarshi  choralarning  muhim  bo’limlaridan  biri  o’t  va  siydik 
yo’llari kasalliklariga chalingan shaxslar, oziq-ovqat korxonasi ishchilari va unga 
tenglashtirilgan kasb egalari orasida bakteriya tashuvchilarni aniqlashdir. Bahor va 
kuz  oylarida  bakteriologik  va  serologik  tekshirishga  quyidagilar  jalb  qilinishlari 
lozim:  shaxsiy  tartibda  sut  va  sut  mahsulotlarini,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  uyda 
tayyorlangan  mahsulotlarini  tarqatuvchilar  (realizatsiya  qiluvchilar),  shuningdek 
bayram va turli tadbirlarda ovqat tayyorlovchilar. 
Aniqlangan  epid.o’choqlarga  nisbatan  sanitariya-sog’lomlashtirish  va 
epidemiyaga qarshi tadbirlar ishlab chiqiladi. 
5.  Tif-paratifoz  kasalliklar  bo’yicha  noqulay  sharoitli  joylarda  yashovchi 
barcha  surunkali  tashuvchilar  yil  davomida  4  kunda  1  marta  tegishli  bakteriofag 
qabul qilishlari shart. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin