O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Ich  terlama  va  paratiflar  epidemik  o’chog’ida  bemor  bilan  muloqotda



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Ich  terlama  va  paratiflar  epidemik  o’chog’ida  bemor  bilan  muloqotda 
bo’lganlarga  nisbatan  chora-tadbirlar.  Muloqotda  bo’lganlar  bemor 
gospitalizatsiya  qilinganidan  boshlab  ich  terlamada  21  kun  davomida  tibbiyot 
xodimlari  nazoratida  bo’ladilar.  Paratif  bemorlari  bilan  muloqatda  bo’lganlar  esa 
14 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo’lishadi. 
Har  kuni  ularning  tana  harorati  o’lchanadi,  sog’ligi  kuzatib  turiladi. 
Muloqotda  bo’lganlarni  1  marta  najas  bakteriologik  va  zardob  sistein  bilan 
RPGAda  serologik  tekshiriladi.  Agar  qo’zg’atuvchi  najasdan  bir  marta  ajratilib 
olinsa,  tashuvchilik  turini  aniqlash  uchun  safro,  siydik  va  najas  qaytadan 
tekshiriladi. Serologik reaksiya musbat chiqsa, bir martadan najas, siydik va safro 
tekshiriladi.  Muloqotda  bo’lganlarga  bakteriofag  beriladi.  Bakteriofag  berishning 
birinchi  qismi  bemor  gospitalizatsiya  qilinganidan  so’ng,  ikkinchi  qismi  uyga 
qaytishdan oldin o’tkaziladi (3 kunda 1 marta bakteriofag qabul qili-nadi). 
Suv  yoki  oziq-ovqat  orqali  kasallik  birdan  epidemik  avj  olsa,  muloqotda 
bo’lganlardan tashqari o’sha hududda yashovchi aholiga ham bakteriofag beriladi. 
Bakteriofag  och  qoringa  ovqatlanishdan  2  soat  oldin  qabul  qilinadi.  6  oydan-3 
yoshgacha  bo’lgan  bolalarga  1  tabletka,  3  yoshdan  kattalarga  2  tabletka  beriladi. 
0,5  %  li  sodali  suv  ichib  yuboriladi.  Bakteriofaglarni  qo’llanishiga  qarshi 
ko’rsatmalar  yo’q.  Ich  terlama  va  paratif  kasalliklari  bo’yicha  yuqori  kasallik 
ko’rsatkichiga  ega  bo’lgan  hududlarda  mavsumiy  ko’tarilishlar  davrida  surunkali 
bakteriya  tashuvchilar  orasida  ham  ularning  epidemiologik  jihatdan  xavfini 
kamaytirish uchun faglashni o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin