O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan  
chora-tadbirlar 
Agar  bemor  uyda  qoldirilsa,  u  holda  davolash  mobaynida  kichik  tibbiyot 
xodimlari  tomonidan  kundalik  dezinfeksiya  ishlari  o’tkaziladi.  Ovqatdan 
tozalangan idish-tovoqlar dezinfeksiya  maqsadida 0,5% soda  eritmasida 15  minut 
qaynatiladi  yoki  0,5%  xloramin  eritmasida  10  minut  ushlab  turiladi,  150  g. 
xloraminga  10  l  suv  to’g’ri  kelishi  kerak.  Qoldiq  ovqat  esa  15  minut  qaynatilib 
so’ng chelakka tashlanadi. 
Ust-bosh kiyimlar va  yotishga ishlatiladigan choyshablar 0,5% soda eritmasi 
qo’llanib 15 minut qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasi bilan 30 minut ushlab 
turgandan so’ng qaynatiladi va quritiladi. 
Plastmassa,  yog’och,  rezinadan  tayyorlangan  o’yinchoqlar  0,5%  xloramin 
eritmasida  30  minut  mobaynida  ushlab  turiladi,  matodan  tayyorlangan 
o’yinchoqlar 0,5% xloramin eritmasi bilan artiladi. Uydagi pollar ham Shu eritma 
bilan artiladi. O’tirg’ich-gorshok, taglik - sudno, unitazlar 0,5% xloramin eritmasi 
bilan artiladi, 30 minut ushlanadi. 
Pashshalarga qarshi chora-tadbirlar uchun uydagi barcha eshik va derazalarga 
to’r  o’rnatiladi.  Bemor  uchun  ishlatiladigan  grelka,  termometrlar  ham  0,5% 
xloramin bilan artiladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin