O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi 
1817  yildan  to  shu  vaqtgacha  vaboning  ettita  pandemiyasi  bo’lib  o’tgan. 
Ettinchi  pandemiya  davomida  El-Tor  vabosi  avj  olishi  va  epidemiyalari  Osiyo, 
Afrika,  Amerika,  Evropa,  Avstraliya  va  Okeaniya  mamlakatlarida  qayd  etildi. 
Bunday  holat  Yaponiyada,  Tinch  okeanidagi  Maldiv,  Kamor,  Guam  va  Gilbert 
orollarida  ham  kuzatilgan.  Keng  miqyosdagi  epidemik  avj  olish  holatlari  Italiya, 
Ispaniya,  Portugaliyada  bo’lib  turdi.  AQSHda  ayrim  hollar  qayd  qilingan  edi. 
Braziliyada vabo vibrioni oqar suvlardan topildi. Yuqorida aytib o’tilganidek JSST 


 
151 
prognozi bo’yicha sakkizinchi pandemiya ham boshlangan, biroq boshlangan yili 
hozircha  aniq  ko’rsatilmagan.  Sakkizinchi  pandemiya  Bengal-O  -139  shtammi 
bilan  boshlangan  1996—97  yillarda  bemorlar  soni  1  mln.dan  oshib  ketdi.  Asosiy 
epidemiya  Osiyo,  Afrika,  Lotin  Amerikasi  davlatlari  (Hindiston,  Pokiston, 
Bangladesh, Eron, Xitoyda) qayd etildi. 
U  yoki  bu  mamlakatga  infeksiya  qo’zg’atuvchisi  o’tishi  natijasida  vaboning 
epidemik  avj  olishi  va  bunda  epidemiyalarning  oldini  olishga  faqat  tibbiy  chora-
tadbirlar  yordamida  erishib  bo’lmaydi.  Bunga  erishish  uchun  yirik  ijtimoiy  va 
kommunal  o’zgartirishlarni  amalga  oshirish  talab  qilinadi.  Hatto  qoniqarli 
sanitariya  -  gigiyena  holati  va  yaxshi  sanitariya  sharoiti  mavjud  bo’lgan  davlatlar 
ham o’z hududlarida vaboning avj olish xavfidan  kafolatlanmagan. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin