O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda 
bo’lganlarga nisbatan olib boriluvchi chora-tadbirlar 
 
1.  Muloqotda  bo’lganlarni  ajratishga  (izolyatsiya)  ko’rsatma  epidemiolog 
tomonidan  bemor  (vibrion  tashuvchi)  bilan  muloqotda  bo’lish  darajasi;  umumiy 
foydalanadigan 
joylar 
sanitariya 
obodonlashtirilganlik 
darajasi; 
kasbiy 
faoliyatining  o’ziga  xosligi  va  bu  bilan  bog’liq  bo’lgan  epidemiologik  xavflar 
hisobga olingan  holda aniqlanadi. 
2.  Vabo  bilan  kasallanganlar  va  vibrion  tashuvchilar  bilan  muloqotda 
bo’lganlarga  ularninig  manzili,  ish  joyi  yoki  o’qish  joyi,  muloqotning  vaqti, 
darajasi va xususiyati ko’rsatilgan holatda ro’yxati tuziladi. 
3.  Vabo  bilan  kasallanganlar  (vibrion  tashuvchilar)  bilan  oila  sharoitida 
muloqotda  bo’lgan  shaxslar;  bemorlarning  oila  a’zolari;  umumiy  xojatxona, 
oshxonadan  foydalanuvchi  kommunal  kvartiradagi  barcha  yashovchilar;  boshqa 
doimiy  bevosita  muloqotda  bo’luvchilar  va  yana  bemor  bilan  bir  xil  zararlanish 
xavfida bo’lganlar ajratib qo’yilishi kerak bo’ladi. 
4. Bemor yoki vibrion tashuvchi bilan muloqotda bo’lgan oziq-ovqat sanoati 
xodimlari va unga tenglashtirilgan kontingentlar albatta ajratib qo’yilishi shart. 
5. Uydagi xo’jalik ishlarini qilish maqsadida ajratib qo’yilishi kerak bo’lgan, 
oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan biri uyda qoldirilishiga ruxsat beriladi. 
6.  Bemordan  (vibrion  tashuvchidan)  vabo  vibrionining  virulent  (toksigen) 
shtammlari  ajratib  olinganda  ular  bilan  muloqotda  bo’lgan,  lekin  izolyatorga 
joylashtirilmagan  shaxslar  ustidan  yashash  (turar)  joyi,  ishlab  chiqarish,  o’qish 
sharoitida  va  boshqa  yerlarda  5  kun  davomida  uch  martalik  (dastlabki  sutka 
davomida)  vaboga  qarshi  bakteriologik  tekshiruv  yo’li  bilan;  bemordan  (vibrion 
tashuvchidan)  vabo  vibrionining avirulent shtammlari  ajratib olinganda  esa  5 kun 
davomida  bir  martalik  bakteriologik  tekshirish  va  antibiotiklar  bilan  profilaktik 


 
158 
davolash yo’li bilan tibbiyot nazorati o’rnatiladi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin