O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Infeksiya manbai. A gepatit - tipik antroponoz. Infeksiyaning yagona manbai 
bemor odam. A gepatit bemorlarining ikki guruhi - manifest va simptomsiz shaklli 
bemorlar  farqlanadi.  Manifest  shakliga  nisbatan  simptomsiz  shaklli  bemorlar 
bolalar  o’rtasida  10-12  marta,  kattalar  o’rtasida  2  marta  ko’proq  uchraydi. 
Epidemik  chaqnashlar  va  epidemiyalar  paytida  manifest  shaklli  bemorlar  hissasi 
oshadi, bu organizmga kattaroq miqdordagi AGV tushishining natijasidir. 
Bemorlar najasida AGV antigenlarini yuqori sezgirlikdagi usullar (IFA, RIA) 
bilan sariqlik paydo bo’lishidan 12-14 kun oldin va sariqlik paydo bo’lgach yana 3 
hafta  mobaynida  aniqlash  mumkin.  Virusning  eng  yuqori  konsentratsiyasi  bemor 
najasida  yashirin  davr  oxiri  va  butun  sariqlik  oldi  davrida  kuzatiladi.  Bu  paytda 
virusni  100%  bemorlarda  aniqlash  mumkin.  Sariqlikning  1-  haftasida  50%,  2-
haftasida  20%  va  3-haftasida  5%  bemorda  virus  aniqlanadi,  4-haftasida  AGV 
antigeni  kamdan-kam  hollarda  topiladi.  Sariqli,  sariqsiz  va  simptomsiz  shaklli 
bemorlar  najasida  antigen  aniqlanishi  darajasida  farq  kuzatilmaydi.  Infeksiya 
manbai  sifatida sariqlik oldi davridagi bemorlar  hamda  A  gepatitning  simptomsiz 
shakli bilan og’riganlar eng katta xavf tug’dirishadi. 
Organizmga tushgan qo’zg’atuvchi miqdoriga qarab A gepatitda yashirin davr 
15  kundan  50  kungacha  bo’lishi  mumkin,  o’rtacha  25-30  kunni  tashkil  etadi. 
Yashirin  davr  oxirlarida  va  kasallikning  dastlabki  kunlaridan  organizmda  anti  - 
AGV IgM hosil bo’la boshlaydi, sog’ayish davrida yuqori titrga etadi, qonda 6-8 
oy  sirkulyatsiya  qilib  turadi.  Bemor  zardobida  anti  -  AGV  Ig-M  aniqlanishi  A 
gepatit  tashhisini  aniq  tasdiqlovchi  maxsus  marker  hisoblanadi.  Xastalikning 
birinchi  haftasi  oxiri  -  ikkinchi  haftasi  boshlaridan  anti  -  AGV  IgG  sintezi 
boshlanadi. Bemor sog’ayganidan keyin 5-6 oy o’tgach maksimal titrga yetadi. Bu 
antitelolar  (anti  -  AGV  IgM)  og’rib  o’tgan  kishi  organizmida  umrbod  saqlanib 
qoladi hamda  qayta kasallanishdan  saqlaydi. Anti  -  AGV  IgMni serologik usullar 
yordamida  aniqlanib,  aholining  A  gepatitga  nisbatan  immun  tuzilmasi  (immun 
strukturasi) o’rganiladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin