O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


A gepatitga qarshi o’choqdagi va profilaktik tadbirlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

A gepatitga qarshi o’choqdagi va profilaktik tadbirlar 
A  gepatitida  asosiy  epidemiyaga  qarshi  tadbirlar  klinik-diagnostik, 
ajratish,  tartib  -  cheklash,  sanitar-gigiyenik,  dezinfeksion  va  dezinseksion 
tadbirlar hisoblanadi. 
Shoshilinch  xabarnoma  (058/x)  olingach  epidemik  o’choq  chegarasini, 
infeksiya  manbaini,  yuqish  yo’llari,  omillarini  va  kasallik  paydo  bo’lishiga 
ko’maklashgan  shart-sharoitlarni  aniqlash  maqsadida  o’choqda  epidemiologik 
tekshiruv  o’tkaziladi.  Bemor  bilan  yashirin  davr  oxirlaridan  shifoxonaga 
yotqizilgunicha muloqotda bo’lganlar aniqlanadi va ular ustidan 35 kun davomida 
tibbiy  kuzatuv  yo’lga  qo’yiladi.  Tibbiy  kuzatuvda  termometriya,  teri  va  shilliq 
qavatlarni  ko’rish,  najas  va  siydik  rangidagi  o’zgarishlarni  so’rash,  jigarni 
palpasiya  qilish  tegishli  uchastka  tibbiyot  xodimlari  tomonidan  amalga  oshiriladi. 
Shu  vaqt  mobaynida  bemor  qayd  etilgan  uyushgan  bolalar  jamoalarida  (bog’cha, 
yasli,  boshlang’ich  sinflar)  ommaviy  tadbirlar,  sport  musobaqalari,  o’yinlar 
cheklanadi.  Guruhga  yangi  bolalar  qabul  qilinmaydi  yoki  bu  guruhdan  boshqa 
joyga  bolalar  o’tkazilmaydi.  O’choqda  sanitar-gigiyenik,  dezinfeksion, 
dezinseksion  ishlar  amalga  oshiriladi.  Shuningdek  muayyan  vaziyatlardan  kelib 
chiqqan  holda  muloqotdagilarda  gammaglobulinoprofilaktika  o’tkazish,  zardob 
fermentlarini (ALT, AST), A gepatitga nisbatan immunitet holatini (anti - AGV Ig 
M va anti - AGV Ig G) aniqlash tavsiya etilishi mumkin. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin