O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Difteriya  yuqori  nafas  yo’llari,  shilliq  qavatlari,  tomoq  murtaklarining 
fibrinoz  yallig’lanishi  va  umumiy  intoksikatsiya  belgilari  bilan  kechadigan  o’tkir 
yuqumli kasallikdir. 
Difteriya  qo’zg’atuvchisini  Sorynebacterium  diphtheriae  ni  1883  yillarda 
Lyoffler kashf qilgan. Ru va Iersen difteriya ko’zg’atuvchisining toksinini ajratib 
olishgan. 


 
179 
Difteriya  tayoqchasining  3  ta  biologik  turi  farqlanadi.  Ular  bir-biridan 
morfologik, kultural va biokimyoviy xossalari jihatidan farqlanadi. Qurigan tomoq 
shillig’ida  difteriya  tayoqchalari  uzoq  muddatgacha  saqlanib  qolishi  mumkin. 
Gazlamalar  yuzasida  esa  40-50  kun,  o’yinchoqlarda  3  oygacha  saqlanib  qolishi 
mumkin.  Bevosita  quyosh  yorug’ligining  ta’siri  ostida  difteriya  qo’zg’atuvchilari 
bir  necha  soat  ichida  nobud  bo’lishadi.  Qo’zg’atuvchilar  dezinfeksiyalovchi 
moddalar  ta’siriga  juda  chidamsiz  fenolning  5%  li  eritmasi,  2-3%  li  xloramin 
eritmasi va vodorod peroksidining 1% li eritmasi ularni 1-10 daqiqa ichida nobud 
qiladi. 
Difteriya  toksini  qizdirishga,  yorug’lik  ta’siriga  va  oksidlanishga  bardoshsiz 
bo’lib, osongina parchalanib ketadi. 
Difteriya-patogenezida esa toksinlar yetakchi rol o’ynaydi. Odatda nafas olish 
yo’llarining  yuqori  qismi,  tomoq  murtaklari,  burun-halqum  va  burunning  shilliq 
qavatlari  ba’zan  esa  ko’z  konyuktivasi,  jinsiy  a’zolar  shilliq  qavatlari  va 
shikastlangan teri difteriya qo’zg’atuvchilari uchun kirish darvozasi bo’lib xizmat 
qiladi.  Yashirin  davri  2-7  kunni  tashkil  qilib,  bu  davrda  difteriya  bakteriyalari 
to’qimalarda  ko’payib,  toksinlari  shilliq  qavatga  ta’sir  qilishi  natijasida  avvalgi 
kataral  ko’rinishda  1-3  kundan  so’ng  esa  fibrinoz  yoki  krupoz  yallig’lanish 
ko’rinishida  yuzasida  parda  (plyonkali)  qoplamalar  hosil  bo’ladigan  patologik 
jarayon  yuzaga  keladi.  Qonga  so’rilgan  difteriya  toksini  organizmning  umumiy 
intoksikatsiyasini vujudga keltiradi. 
Kasallikning  yengil  shakli  ko’pincha  1  yoshgacha  bolalarda,  shuningdek 
qayta  kasallanganlarda  va  emlanganlarda  sezilmas  belgilar  bilan  payqab 
bo’lmaydigan  shaklda  kechadi.  Kasallikni  barvaqt  va  to’g’ri  davolaganda  o’lim 
hollari umuman bo’lmasligi mumkin, aks holda esa o’lim 37 % va undan yuqori 
bo’lishi ham mumkin. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin