O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


QISQARTIRILGAN SO’ZLAR RO’YXATI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

QISQARTIRILGAN SO’ZLAR RO’YXATI 
 
DSENM 
 
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi 
YUKK 
 
Yuqumli kasalliklar kabineti 
RET   
 
Retrospektiv epidemiologik tahlil 
SSV   
 
Sog’liqni saqlash vazirligi 
FEKK 
 
 
Favqulodda epidemiyaga qarshi komissiya 
SHIYUK 
 
Shifoxona ichi yuqumli kasalliklari 
QVP   
 
Qishloq vrachlik punkti 
SNP   
 
Sanitariya nazorat punkti 
O’XYUK   
O’ta-xavfli yuqumli kasalliklar 
JSST   
 
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti 
MSB   
 
Markazlashgan sterilizatsiya bo’limi 
FAP   
 
Feldsher-akusherlik punkti 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

UMUMIY EPIDEMIOLOGIYA 
 
MAVZU 1. EPIDEMIK JARAYON TO’G’RISIDAGI TA’LIMOT.  
EPIDEMIK JARAYONNING OMILLARI VA RIVOJLANISH 
MEXANIZMI 
 
 
1.  Maqsad: 
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotning asosiy mazmunini o’rganish, 
shu bilimlar yordamida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarniig alohida guruhlarini 
asoslab berish. 
2.Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat. 
3.Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1.Kirish. 
3.2.Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar: 
a) Epidemik jarayon omillari. 
b) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi. 
v) Epidemik jarayonning ko’rinishlari. 
4. Xulosa. 
5.O’quv savollari: 
Epidemik jarayonning omillari. 
       a)  Biologik  omil  epidemik  jarayonning  sababchisi  sifatida.  Kasallik   
manbai      (rezervuar)      kasallik      qo’zg’atuvchilarining    tur  sifatida  tabiatda 
saqlanishi uchun zarur yashash muhiti
      -  obligat-patogen va shartli patogen kasallik qo’zg’atuvchilar qo’zg’atgan 
antroponoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi; 
      -  kasallik  qo’zgatuvchilar  populyatsiyasining  virulentlik  bo’yicha 
geterogenligi  (xilma-xilligi)  va  xo’jayin  organizmining  kasallikka  moyilligining 
turli  darajada  bo’lishi  kasallikning  har  xil  ko’rinishlarda  namoyon  bo’lishini 
ta’minlovchi  omil  sifatida  (kasallikning  o’tkir,  surunkali,  tipik  va  atipik 
ko’rinishlarining epidemiologik ahamiyati); 
      -  kasallikning  turli  davrlarida  bemorlarning  epidemiologik  jihatdan 
xavfliligi; 
-  yuqumli  kasallik  belgisiz  kechadigan  turlarining  epidemiologik 
ahamiyati; 
-  hayvonlarning  odamlar  uchun  patogen  bo’lgan  obligat-parazitlari 
qo’zg’atgan zoonoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi; 
-  zoonoz kasalliklarda kasallik manbaining tavsifi; 
-  odamlar  va  hayvonlar  uchun  fakultativ  parazitlar  keltirib  chiqargan 
kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi. 
b) Ijtimoiy omillar  -  epidemik jarayonni rivojlantiruvchi omil sifatida: 
-  turli  guruhlarga  taalluqli  odamlar  hayoti,  mehnat  faoliyatining 
ahamiyati; 
-  aholi zichligi, turli yoshlardagi aholi guruhlari; 


 

-  migratsiya jarayonining ahamiyati
-   tibbiy xizmat darajasining ahamiyati; 
-  uyushgan jamoalarning tuzilishi va ularning ta’siri. 
 v) Tabiiy omillar: 
-  tabiiy  omillarning  (quyosh  nuri,  namlik,  muhit)  odamlar  organizmi 
chidamliligiga  va  kasallik  qo’zg’atuvchilarning  ko’payishi  tezligiga  bevosita 
ta’siri; 
-  tabiiy  omillarning  (ob-havo,  landshaft,  muhit)  epidemik  jarayon 
rivojlanishiga bevosita ta’siri. 
6. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini ochib beruvchi nazariy 
bilimlarning umumlashuvi. 
a) L. V. Gromashevskiyning yuqish mexanizmi to’g’risidagi nazariyasi. 

kasallik  qo’zg’atuvchilarning  "xo’jayin"  organizmida  asosiy 
joylashishiga mos ravishda tuzilgan yuqish mexanizmi turlari; 
- yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari va unda qatnashadigan omillar; 
-  zoonoz  kasalliklar  bir  organizmdan  ikkinchi  organizmga  o’tish 
mexanizmining o’ziga xosligi; 
- zoonoz kasalliklarning yuqish mexanizmi. 
b) E. N. Pavlovskiyning tabiiy-o’choqli kasalliklar to’g’risidagi ta’limoti. 
-  tabiiy  "antropurgik"  o’choqlar  degan  tushunchalarni  populyatsiya 
nuqtai-nazardan tuShuntirish. 
v)  V.  D.  Belyakovning  epidemik  jarayonning  o’z-o’zini  boshqarishi 
to’g’risidagi ta’limoti. 
- epidemik jarayonda o’z-o’zini ichdan boshqarish mexanizmi; 
- epidemik jarayonning rivojlanish davrlari (fazalari).  
8. Epidemik jarayonning ko’rinishlari. 
a)  Epidemik  jarayon  kuchini  (epizodik  va  epidemik  kasallanish,  onda-
sonda uchraydigan kasallanish, epidemiya, pandemiya) ifodalovchi kategoriyalar; 
b) epidemik jarayonning xududlar bo’yicha ko’rinishlari. 
-  antroponozlar  va  zoonozlar  nozoareallarining  o’ziga  xosligi,  global, 
regional nozoareallar; 
-  yuqumli  kasalliklar  bilan  kasallanishni  hududlar  bo’yicha  ifodalash 
yo’llari; 
- nozoareallarni ifodalovchi omillar. 
v) Epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishi. 
- epidemik jarayonning ko’p yillik o’zgarish bo’yicha namoyon bo’lishi; 
-  kasallanishning  ko’p  yillik  epidemik  tendensiyasini,  epizodik  
tebranishlarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar
-  kasallanishning  yil  davomida  o’zgarishida  epidemik  jarayoning 
namoyon bo’lishi; 
-  yillik,  mavsumiy  va  birdaniga  ro’y  beradigan  kasallanish  darajalarini 
yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar; 
-  epidemik  jarayonning  vaqt  bo’yicha  namoyon  bo’lishini  ifodalash 
usullari. 


 

g)  Epidemik  jarayonning  aholi  har  xil  guruhlari  orasida  namoyon 
bo’lishi. 
-  kasallanishning  aholi  guruhlari  bo’yicha  taqsimlanishida  yosh,  kasb-
kor, genetik, ijtimoiy va boshqa omillarning ahamiyati
-  kasallanishning  aholi  guruhlari  orasida  taqsimlanishini  ifodalash 
usullari. 
9. Talaba quyidagilarni bilishi kerak: 
9.1. Epidemiologiya fani to’g’risidagi tushuncha. 
9.2.  Epidemik  jarayon  va  uning  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  uchta  bo’limi, 
yuqish  mexanizmi,  kasallikning  tabiiy  o’chog’i,  epidemik  jarayonning  o’z-o’zini 
boshqarish mexanizmi to’g’risidagi tushuncha. 
10. Amaliy ko’nikmalar. 
10.1.  Epidemik  jarayon  to’g’risidagi  ta’limotni  epidemiyaga  qarshi 
chora-tadbirlarni asoslash uchun qo’llash. 
11. Mustaqil ish. 
Mustaqil  ravishda  ishlash  uchun  qo’llanmada  keltirilgan  axborotlarni 
o’rganish tavsiya qilinadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin