O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Axborot uchun ma’lumot 
 
Shifoxonalarda  kasallik  yuqishi  natijasida  namoyon  bo’ladigan  yuqumli 
kasalliklarga  shifoxona  ichi  yuqumli  kasalliklari  (SHIYUK)  deyiladi.  SHIYUK 
bilan  kasallanish  natijasida  bemorlarning  shifoxonada  yotish  muddati  uzayadi, 
bemorlarga  sarflanadigan  xarajatlar  ko’payadi.  Amerikalik  olimlarning  hisobiga 
ko’ra SHIYUK bilan kasallanish bemorlarga sarflanadigan xarajatlarni yiliga 5-10 
mlrd. dollarga oshirar ekan. JSST ma’lumoti bo’yicha SHIYUK bilan shifoxonaga 
yotqizilganlar orasida o’lim darajasi, SHIYUK bilan kasallanmaganlarga nisbatan 
10  barobar  ko’p  ekan.  Shifoxona  ichi  yuqumli  kasalliklarini  obligat-patogen  va 


 
192 
shartli-patogen  mikroblar  chaqiradi.  Bu  kasalliklarning  asosiy  sababchisi  shartli-
patogen  mikroorganizmlardir.  Bular  stafilokokk,  streptokokk,  esherixiya,  viruslar 
va  boshqalardir.  Shifoxonalarda  uchraydigan  shartli-patogen  mikroblar  2  ga 
bo’linadi:  shifoxonadagi  va  shifoxona  tashqarisidagi  mikroblarga.  Shifoxonadan 
tashqaridagi  mikroorganizmlar  shifoxonadagi  turli  xil  omillar  ta’sirida  o’z 
xususiyatlarini o’zgartiradilar. Bu omillar quyidagilardir:  
1. Antibiotiklarning keng qo’llanishi. 
2. Shifoxonadagi bakteriya turlari va sonining ko’payib borishi. 
3. Bemor immunitetining turli dori-darmonlar ta’sirida pasayishi. 
4.  Sanitariya  rejimning  buzilishi,  bemorlarning  tibbiyot  xodimlari  va  tibbiy 
apparatlar  bilan  muloqotining  ko’payishi.  Bular  natijasida  mikroblarning 
shifoxonada  joylashib  qolishiga  imkoniyat  yaratiladi.  Shifoxonalarda  kasallik 
yuqishi  turli  xil  muolajalar  natijasida  ro’y  beradi.  Bunda  bakteriyalar  faqatgina 
immuniteti  past  bo’lgan  bemorlarda  kasallik  chaqirmasdan,  balki  immuniteti 
yuqori bo’lgan bemorlarda ham kasallik chaqirishi mumkin. 
SHIYUK  qo’zg’atuvchilari  geterogen  bo’lib,  ular  vaqt  o’tishi  davomida 
o’zgaruvchandir. Bu o’zgarishlar tez-tez bo’lib turadi, bunda mikroblarning ba’zi 
turlari yo’qolib boshqa turlari paydo bo’ladi. Shuning uchun ularga qarshi chora-
tadbirlarni ishlab chiqish  uchun kasallik  qo’zg’atuvchisining har  bir  turini  chuqur 
o’rganish kerak. 
SHIYUK paydo bo’lishining asosiy sabablari 2 ga bo’linadi: 
Ob’ektiv va sub’ektiv sabablar. 
Ob’ektiv sabablar: 
1 .Zamon talabiga javob bermaydigan shifoxonalarning mavjudligi. 
2.  Stafilokokk  bakteriya  tashuvchiligiga  qarshi  samarali  chora-tadbirlarning 
yo’qligi. 
3.  Shifoxonalarda  bakteriologik  laboratoriyalarning  kamligi  va  ular  faoliyati 
samaradorligining pastligi. 
4. Tibbiyotda va chorvachilikda antabiotiklarning keng ishlatilishi. 
5. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligi oshishi. 
6. Immuniteti past bo’lgan shaxslar sonining ko’payishi. 
7. Tibbiy yordamga murojaat qiluvchilar sonining ortib borishi. 
8.  Operatsiyalar  va  tibbiy  muolajalar  turli  xillarining  ko’payishi  va  ularning 
murakkablashuvi. 
Sub’ektiv sabablar: 
1.  Vrachlar  va  o’rta  tibbiyot  xodimlari  profilaktik  choralarni  qo’llashga 
tayyorgarligining pastligi. 
2. SHIYUKni o’rganish uchun amaliy qo’llanmalarning kamligi. 
3. Sanitariya va epidemiologik nazoratning ko’ngildagidek emasligi. 
4. Ayrim tibbiyot uskunalarini va apparatlarini sterilizatsiya qilish qiyinligi. 
5.  Bemorlar  orasida  va  bemor  bilan  tibbiyot  xodimi  orasidagi  muloqotning 
ko’payishi. 
  6. Tibbiyot xodimlari orasida bakteriya tashuvchilikning mavjudligi. 
  7. SHIYUKni hisobga olish va hisobot berishning ta’minlanmaganligi. 


 
193 
  8.  Davolash  muassasalarining  o’rta  va  kichik  tibbiyot  xodimlari  bilan  to’liq 
ta’minlanmaganligi. 
  9. Tibbiyot asboblarini sterilizatsiya va dezinfeksiya qilish sifatining pastligi. 
  10.  Shifoxonalarda  SHIYUK  namoyon  bo’lishini  o’z  vaktida  DSENMga  xabar 
bermaslik. 
  11.  SHIYUK  tarqalganligi  haqida  ko’pgina  tibbiyot  xodimlarining  xabari 
yo’qligi. 
Oxirgi  bir  necha  yil  davomida  tug’ruqxonalarda  turli  xil  toksikoseptik  va 
yuqumli  kasalliklar  soni  o’sib  bormoqda.  Buning  asosiy  sabablaridan 
tug’ruqxonalarni  sanitariya  texnik  ahvolining  yomonligi,  akusher-ginekologlar, 
chaqaloqlar  pediatrlar,  epidemiologlar,  o’rta  va  kichik  tibbiyot  xodimlari 
tug’ruqxonalarni  tashkil  etish,    chaqaloqlarga  shoshilinch  tez  yordam  ko’rsatish 
bo’yicha  yetarli  darajada  tayyorlanmaganligi,  sanitariya  va  epidemiologik  hamda 
dezinfeksiya  rejimining  saqlanmasligidir.  Bundan  tashqari  tug’ruqqa  yordam 
muassasalari  suv  va  kanalizatsiya  bilan  to’liq  ta’minlanmagan,  issiq  suv  yetarli 
emas,  chaqaloqlar,  chillalik  va  tug’ayotgan  ayollar  steril  materiallar  bilan 
ta’minlanishida uzilishlar bo’lib turadi. 
Tibbiyot  xodimlarining  bakteriya  tashuvchanlikka  to’liq  va  o’z  vaqtida 
tekshirilmasligi,  bakteriya  tashuvchilarining  ishdan  chetlatilmasligi,  profilaktik 
tozalash  ishlari  sifatsiz  va  vaqtida  qilinmasligi  kabi  omillar  SHIYUK  paydo 
bo’lishiga va tarqalishiga sabab bo’ladi. 
Tug’ruqxona  havosida  bakteriyalarning  me’yoridan  ko’pligi,  u  yerda 
sanitariya va epidemiologik rejimning qo’pol ravishda buzilayotganini ko’rsatadi. 
Epidemiologik  tekshirishlarning  ko’rsatishicha  SHIYUKlarining  asosiy 
etiologik  omili  bo’lib  shartli-patogen  bakteriyalar  hisoblanadi,  kasallik 
qo’zg’atuvchilarining  manbai  bo’lib  chillalik  ayollar  va  tibbiyot  xodimlari 
hisoblanadi. 
Shartli-patogen bakteriyalarning shifoxonalarda tarqalishining omillari bo’lib 
chaqaloqlar uchun tayyorlangan sterillanmagan suv, bog’lov materiallari, chillalik 
va  tug’uvchi  ayollar  hamda  tibbiyot  xodimlarining  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga 
amal qilmasligidir. 
Tug’ruq  muassasalarida  yuqumli  va  toksiko-septik  kasalliklarining  oldini 
olish  uchun  yuqori  tashkilotlar  tomonidan  mutaxassislarning  ishchi  guruhlari 
tuziladi. Bu ishchi  guruhlarga  akusher-ginekolog, pediatr, epidemiolog, sanitariya 
vrachi  va  yuqumli  kasalliklar  vrachi  kiradi.  Bu  guruhlar  tug’ruq  muassasalarida 
sanitariya,  epidemiologik  va  dezinfeksiya  rejimining  bajarilishini  kuzatib 
borishadi.  Bu  rejimni  buzish  hollari  sodir  bo’lganda  kasallikni  yo’qotishga 
qaratilgan shoshilinch choralar ko’rish kerak. 
Tug’ruqxona tekshirilganda asosan ayollarni ko’rish xonasi, tug’ish palatalari, 
chala  tug’ilgan  bolalar  bo’limi,  tuqqandan  keyingi  palatalar,  bu  xonalarning  turli 
asbob uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanganligi ko’riladi. 
Har  bir  namoyon  bo’lgan  toksiko-septik,  yiringli  va  yuqumli  kasalliklarni 
yuqumli  kasalliklar  ro’yxati  jurnaliga  qayd  qilinib,  DSENMga  shoshilinch  xabar 
berish kerak, har oyda yuqoridagi tashkilotlarga hisobot berilishi kerak. 


 
194 
Tug’ruqxonalar  tarkibida  quyidagi  xonalar  bo’lishi  kerak:  tug’ish  oldi 
palatasi, tug’ish palatasi, chaqaloqlarni yuvish xonasi, kirlarni vaqtinchalik saqlash 
xonasi,  yo’ldoshni  vaqtinchalik  saqlash  xonasi,  tozalash  buyumlarini  saqlash 
xonasi. Ikkita tug’ish zali bo’lganda, ular galma-gal ishlatiladi. Har bir zal 1-2 kun 
davomida ishlatilishi kerak, so’ngra u yerda tozalash o’tkaziladi. 
Tug’ish  vaqtida  ayolda  sterillangan  kiyim  bo’lishi  kerak,  1-marta 
ishlatiladigan  doyalik  yig’masidan  foydalanish  kerak.  Chaqaloqlar  uchun 
ishlatiladigan asboblar, pelyonkalar va boshqa materiallar ham steril bo’lishi shart. 
Yangi  tug’ilgan  chaqaloqlar  uchun  palataning  hajmi  har  bir  chaqaloqga  3,0  m
2

chala tug’ilgan bolalar uchun 4,5 m
2
 bo’lishi kerak. 
Har  oyda  tug’ruqxonaning  epidemiologik  holati  haqida  tuman  tibbiyot 
kengashida  axborot  beriladi,  topilgan  kamchiliklar  yuzasidan  ko’rilgan  chora-
tadbirlar  tahlil  qilinadi.  Har  bir  namoyon  bo’lgan  toksiko-septik  va  yuqumli 
kasallik haqida yuqoridagi tashkilotlarga xabar berish zarur. Tashkil etilgan ishchi 
guruh tug’ruqxonalar ustidan nazorat qilib boradi, kamchiliklar topilganda tibbiyot 
kengashida muhokama qilinadi va chora-tadbirlar ko’riladi, tug’ruq muassasalarini 
profilaktik tozalash grafigi ishlab chiqiladi. Moslashtirilgan tug’ruq muassasalarida 
profilaktik  tozalash  2  oyda  1-marta  yoki  3  oyda  1-marta  o’tkaziladi.  Buning 
oldidan  tug’ruqxona  7-kunga  butunlay  bo’shatiladi  va  chaqirtirilgan  dezinfeksiya 
brigada  hamma  xonalarning  oynalari,  devorlari,  eshiklarini  va  boshqa  joylarni 
ishlovdan chiqaradi. 
Shifoxonada  yiringli  kasalliklar  va  operatsiyadan  keyingi  asoratlar  paydo 
bo’lishining  asosiy  qo’zg’atuvchisi  patogen  stafilokokkdir.  Jarrohlik  bo’limida 
kasallik  manbai  bo’lib  bemorlar  va  tibbiyot  xodimlari  orasidagi  patogen 
stafilokokk  tashuvchilar  va  yiringli  kasalliklar  bilan  og’riydigan  bemorlar 
hisoblanadi. Stafilokokk bakteriyasi quyosh nuri ta’sirida 4-5 soatdan keyin o’ladi, 
turli kimyoviy moddalarga chidamsizdir, ular asosan havo-tomchi va muloqot yo’li 
bilan yuqadi. 
Shuning  uchun  operatsiyadan  keyingi  asoratlarning  oldini  olishning  asosiy 
yo’li  bu  sanitariya-gigiyena  chora-tadbirlarini  qo’llashdir.  Bunda  asosiy  e’tibor 
kasallik  manbasini  va  yuqtirish  omillarini  zararsizlantirishga  qaratilmog’i  kerak. 
Jarrohlik zallarida bakteriosid lampalar va bakteriosid filtr o’rnatilgan ventilyatsiya 
bo’lishi shart. 
Jarrohlik  bo’limida  havodagi  bakteriyalar  sonini  kamaytirish  uchun  havo 
tozalagichlar  bo’lishi  kerak.  Yiringli  va  toza  jarrohlik  xonalari  alohida  bo’lishi 
shart, bo’lmasa yiringli operaciyalar uchun alohida kun belgilanishi kerak. 
Jarrohlar,  jarrohlik  hamshiralari  va  operatsiyada  ishtirok  etadigan  barcha 
shaxslar,  jarroh  xonasiga  kirishdan  oldin  barcha  kerakli  sanitariya-gigiyenik 
qoidalarni bajarishlari  lozim, operatsiya  uchun kerak  bo’ladigan barcha uskunalar 
zararsizlantirilgan  bo’lishi  shart.  Ish  latilgan  uskunalar  va  bog’lov  materiallari 
alohida  idishga  yig’iladi.  Yiringli  va  toza  bog’lov  xonalarini  ajratish  zarur,  agar 
bog’lov  xonasi  1  ta  bo’lsa,  u  holda  yiringli  bog’lovlar  toza  bog’lovlardan  so’ng 
o’tkaziladi,  keyin  esa  xona  va  asboblar  zararsizlantiriladi.  Bog’lov  xonalarida 
ishlovchi  vrachlar,  hamshiralar  xalat,  maska  va  qalpoqlarini  har  kuni 


 
195 
almashtirishlari  zarur,  bog’lovdan  so’ng  qo’llarini  zararsizlantirishlari  shart. 
Jarrohlik  bloklari,  operatsiyadan  keyingi  palatalar,  bog’lov  xonalari,  reanimatsiya 
bo’limi  kuniga  2-marotaba  dezinfeksiyalovchi  suyuqlik  bilan  artilishi  shart. 
Jarrohlik  bloki  va  bog’lov  xonalarida  haftasiga  1-marotaba  umumiy  tozalash 
o’tkazilishi kerak. 
Hozirgi  vaqtda  shifoxonalarda  salmonellyozlar  namoyon  bo’lishi 
kuzatilmoqda. Bu kasallik asosan bolalar shifoxonalarida, tug’ruq muassasalarida 
namoyon  bo’lmoqda.  Bunga  asosiy  sabab  epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlarga 
rioya qilmaslik va sanitariya-gigiyenik qoidalarni buzish hisoblanadi. 
Shifoxonalarda  salmonellyoz  bilan  kasallanishda  asosan  salmonella 
tifimurium  serovarining  "Gospital  shtammlari"  chaqirmoqda.  Bu  serovar  asosan 
odamlar  orasida  maishiy-muloqot  yo’li  bilan  tarqaladi,  antibiotiklarga  va 
dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli bo’ladi. 
Salmonellalar shifoxonaga turli yo’llar bilan tushadi. Asosan shifoxonaga ich 
buzilishi  bilan  kelgan  bemor  orqali,  bolalarni  parvarish  qilayotgan  onalar  orqali 
hamda tibbiyot xodimlari orqali tushishi mumkin. 
Shifoxonaga  tushgan  bakteriyalar  antibiotiklar  va  turli  xil  dezinfektantlar 
ta’siriga  chidamli  shifoxonaning  yangi  shtammlariga  aylanadi  va  ular  maishiy 
muloqot  yo’li  orqali  boshqa  bemorlarga  tarqalishi  mumkin.  Bunda  tibbiy 
xodimlarning  bemorlarni  parvarish  qilishga  alohida  e’tibor  berish  kerak.  Tibbiy 
xodimlar  parvarish  vaqtida  salmonellalarni  qo’llari,  xalatlari  yordamida 
tarqatadilar,  ya’ni  bir  bemorni  ko’zdan  kechirgandan  so’ng  qo’llarini 
zararsizlantirmasdan  boshqa  bemorni  parvarish  qilishga  o’tadilar.  Bolalarni 
parvarish  qilayotgan  onalar  ham  boshqa  bemorlar  bilan  muloqotda  bo’ladilar  va 
ular ham bakteriyalarni tarqatishlari mumkin. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin