O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Epidemiologik diagnoz 
 
Epidemiologik diagnozning asosan ikki xil usuli mavjud: 
1.   Kasallik o’chog’ida o’tkaziladigan epidemiologik tekshiruv. 
2.   Epidemiologik tahlil. 
     4-jadval.  
Epidemiologik diagnostika usullari 
 
Kasallik o’chog’ida 
o’tkaziladigan 
epidemiologik tekshiruv 
Epidemiologik tahlil 
 
Yakka 
holda 
uchraydiga
n kasallik 
o’choqlarin
i tekshirish 
 
Bir necha yoki 
bir guruh 
kasallar 
uchragan 
o’choqlarni 
tekshirish. 
Prognostik 
epidemiologik 
tahlil -
epidemiologik 
razvedka 
 
Operativ yoki 
kundalik 
epidemiologik 
tahlil 
 
Retrospektiv 
yoki o’tmishga 
asoslanib 
qilinadigan 
epidemiologik 
tahlil 
 
Kasallik  o’chog’ida  o’tkaziladigan  epidemiologik  tekshirish.  Yuqumli 
kasallik  o’chog’ida  epidemiyaga  qarshi  olib  boriladigan  chora-tadbirlarning 
samarasi,  kasallangan  odamni  aniqlash  hamda  uni  atrofdagilardan  ajratib  qo’yish 
muddatiga,  kasallikning  paydo  bo’lish  va  boshqalarga  yuqish  sabablarini 
aniqlashga  bog’liq  bo’ladi.  Yuqumli  kasal  yoki  bakteriya  tashuvchi  aniqlangan 
holda kasallik o’chog’i qaerda bo’lishidan qat’iy nazar (oilada, xonada, uyushgan 
guruhlarda)  bemorning  o’ziga  nisbatan,  unga  yaqin  yurgan  kishilarga  hamda 
atrofdagi  vaziyatga  taalluqli  chora-tadbirlar  ko’riladi.  Shu  chora-tadbirlarni 
rejalashtirish  uchun,  kasallik  o’chog’ida  epidemiologik  tekshirish  o’tkaziladi. 
Epidemiologik tekshirishning maqsadi: 
a) gumon qilingan infeksiya manbaini va uning yuqish yo’llarini aniqlash; 


 
28 
b) kasallik qo’zg’atuvchisini yuqtirishda qatnashadigan omillarni aniqlash; 
v) kasallik o’chog’ining chegaralarini belgilash; 
g) zararsizlantirilishi lozim bo’lgan atrof-muhit obektlarini aniqlash; 
d)  kasallik  yuqish  xavfi  bo’lgan  shaxslarni,  shuningdek  tibbiyot  xodimlari 
kuzatuviga muhtoj, ayrim hollarda esa ajratib qo’yilishi lozim  bo’lgan shaxslarni 
aniqlash; 
e) kasallik o’chog’ini tugatish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish. 
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari bemor yoki bakteriya  tashuvchi 
haqida  "shoshilinch  bildirish  xati  (№  058  hisob  shakli)"  olinishi  bilan 
epidemiologik tekshirishni boshlaydilar. 
Epidemiologik  tekshirishni  asosan  epidemiolog  vrachlar  yoki  ularning 
yordamchilari o’tkazadilar, ba’zi hollarda vaziyatga qarab sanitariya vrachlari yoki 
boshqa soha xodimlari jalb qilinishi mumkin. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin