O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Epidemiologiyasi 
 
Bezgak  tabiiy  endemik  infeksiya  hisoblanadi.  Bu  kasallik  anofeles 
chivinlarning yashashi uchun qulay bo’lgan sharoitda uchraydi. Er sharining 63°S 
shimoliy  va  30-32°  janubiy  kengligidagi  hududlarda  bezgak  kasalligi  ko’p 
tarqalgan.  Bu  hududlarda  harorat  +  16°S  past  emas.  Bizga  ma’lumki,  bezgak 
qo’zg’atuvchilari  +16°S  haroratdan  past  muhitda  chivin  organizmida  rivojlana 
olmaydi.  Bezgak  kasalligining  tarqalishi  aholining  yashash  sharoitiga,  kasallikka 
qarshi  kurash  chora-tadbirlarning  qanday  yo’lga  qo’yilganligiga  bog’liq.  Yaqin 
kunlargacha bu kasallik keng tarqalgan edi. JSST ning bergan ma’lumotiga ko’ra 
XX  asrning  60-yillarida  yiliga  250  mln.odam  kasallangan,  ulardan  2,5  mln.  kishi 
o’lgan.  1955  yil  JSST  ning  8-Assambleyasida  bezgak  kasalligining  umuman 
kamayganligini  e’lon  qilindi.  Maxsus  komitet  tomonidan  ketma-ket  keluvchi  4 


 
221 
bosqichli dastur ishlab chiqildi. 
1 bosqich   - tayyorgarlik ko’rish. 
2 bosqich - kasallik tarqalishining oldini olish va uni kamaytirish. 
3 bosqich   - erishilgan natijalarni mustahkamlash (konsolidatsiya) 
4  bosqich  -  bezgak  kasalligining  bir  joydan  ikkinchi  joyga  tashib 
o’tkazilishini keskin yo’qotish. 
Ko’pgina  mamlakatlarda  bu  borada  katta  yutuqlarga  erishilgan:  AQSH, 
barcha  Evropa  mamlakatlari,  Yaqin  va  Uzoq  Sharqda  kasallik  batamom  yo’q 
qilingan.  Biroq  Tropik  Afrika,  Lotin  Amerikasi,  Janubiy-sharqiy  Osiyoda  vaziyat 
ancha  jiddiyligicha  qolmoqda.  Afrika  mamlakatlarida  bir  yilda  1  mln.  aholi 
bezgakdan nobud bo’lmoqda. Olib borilayotgan chora-tadbirlarning biroz susayishi 
natijasida ayrim hududlarda bezgak ko’tarilishi kuzatiladi. 
Bezgakda  kasallik  manbai  bo’lib,  bemor  odam  va  parazit  tashuvchilar 
hisoblanadi.  Bezgak  kasallik  tashuvchisi  Anopheles  chivini  hisoblanadi. 
O’zbekistonda  chivinlarning  9  turi  mavjud.  Bulardan  A.matsulipenis  eng  ko’p 
uchraydi. Odam qoni bilan bu chivinlarning faqatgina urg’ochisi oziqlanadi. Ular 
kechki  va  tungi  paytlarda  odamlarga  hujum  qiladilar.  Qonni  hazm  qilish  bilan 
birga urg’ochi chivinda tuxum rivojlanadi. Bu jarayonning qay darajada tez ketishi 
tashqi muhit haroratiga bog’liq +16°S haroratda 7 kun, +20°S da 4 kun, +25-30°S 
da  2  kun.  Shunday  qilib  harorat  qanchalik  yuqori  bo’lsa  qonning  hazm  bo’lishi 
Shuncha tez bo’ladi va chivin tez-tez qon so’radi. Bu esa bezgak bilan zararlanish 
darajasini oshiradi. Chivinlar kuzning boshlanishiga kelib qon so’rishdan to’xtaydi 
va  yog’li  tanachaga  aylanib  oladi,  shu  ahvolda  bemalol  qishlay  oladi.  Bunday 
chivinlar qish bo’yi toza qon so’rmay, yerto’lalarda, sabzavot saqlanadigan maxsus 
joylarda yashaydilar. Bahor kelishi bilan bu chivinlar yana qon so’radilar va tuxum 
qo’yadilar.  Tuxum  qo’yish  uchun  eng  qulay  joy  quyosh  nuri  yaxshi  tushib 
turadigan,  turg’un,  atrofi  o’simliklar  bilan  o’ralgan  suv  manbai  hisoblanadi. 
Urg’ochi  chivinlar  1  martada  100-2500  tagacha  tuxum  qo’yadi.  Lichinkalar 
suvning yuza qavatida muallaq holatda turgan moddalar bilan oziqlanadi. Shuning 
uchun lichinkalarni yo’qotish maqsadida suvning yuza qatlamiga zaharli moddalar 
sepiladi. G’umbak ovqatlanmaydi. Uning orqasida turgan kutikula takomillashadi 
va  undan  yetuk  chivin  ajralib  chiqadi.  Suvdagi  bu  jarayonlar  +10
0
S  va  +35°S 
haroratda sodir bo’ladi. +16-19°S da bu jarayon 30 kun, +20-22°S da 18 kun, +24-
27
0
S da 14 kun davom etadi. 
Bezgak    chivinining    boshqa    chivinlardan    farqli    belgilari quyidagi 
jadvalda keltirilgan: 
 
Shakllanish  bosqichlari 
 
Bezgak chivinlari 
Boshqa turdagi chivinlar 
Tuxum 
 
Suvning yuza 
qatlamida, yakka-
yakka holatda, 
yulduzchalar 
ko’rinishida 
to’p-to’p joylashadi. 
 


 
222 
joylashadi. 
 
Lichinkalar 
 
Nafas  olish   
trubkasi (sifon)   
yo’q,   suv   yuzasiga  
parallel joylashgan 
bo’ladi. 
Sifoni bor suv    yuzasiga 
vertikal  holda yoki 
ko’proq burchak hosil 
qilib joylashadi. 
 
Qanotli   chivinlar 
 
Qanotlarida 
dog’lar     bor. 
Urg’ochilarida      
paypaslagichining    
uzunligi nayzasi bilan 
teng. Ob’ektlarga 
burchak   hosil qilib 
o’tiradi, orqa oyoqlari 
yozilgan 
Qanotlarida dog’lari   
yo’q. paypaslagichlari  
nayzasidan 3-4 marta 
kalta. Ob’ektlarga  
parallel  joylashadi. 
 
 
Bezgak  kasalligining  qanchalik  ko’p  yoki  kam  bo’lishi  qo’zg’atuvchining 
ko’pligiga,  tashuvchi  chivin  bilan  aholi  o’rtasidagi  aloqaning  qay  darajadaligiga 
bog’liq. Anofelogen suv manbaiga yaqin joyda ishlash bezgak kasalligining keskin 
ko’payishiga  olib  keladi.  Organizmida  parazit  tutuvchi,  qon  bilan  zararlangan 
chivin,  sporozoitlari  yetilgunga  qadar  xavfsiz  hisoblanadi.  Sporozoitlarning 
yetilishi uchun, harorat +16
0
S dan past bo’lmasligi kerak. Shundan past haroratda 
bezgak  kasalligi  kam  uchraydi.  Issiq  iqlimli  mamlakatlarda  bu  kasallik  uzluksiz 
davom etadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin