34
MAVZU 3. EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH CHORA-
TADBIRLARI
1. Maqsad:
Talabalarni epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-
tadbirlar, ularning maqsadi, mohiyati, qo’llanish usullari bilan tanishtirish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 5 soat amaliy mashg’ulot.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Kirish so’zi va talabalarning shu mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash.
3.2. Amaliy mashg’ulot savollarini muhokama qilish:
a) Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yo’nalishiga, epidemik
jarayonning qaysi zvenosiga ta’sir ko’rsatishiga va boshqa alomatlariga qarab
guruhlarga bo’lish.
b) Yuqumli kasallikni qo’zg’atuvchilarning asosiy manbalari, ya’ni odamlar
yoki hayvonlarga nisbatan olib boriladigan tadbirlar.
v) Kasalliklarning yuqish yo’llari va yuqish omillariga nisbatan
qo’llaniladigan choralar.
g) Yuqumli kasallik sog’lom odamlarga yuqib qolganda uning oldini olishga
qaratilgan tadbirlar: reja asosida emlash va shoshilinch emlash orqali yuqumli
kasalliklarning oldini olish.
d) Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan qo’shimcha
tadbirlar (dispozitsion va ekspozitsion tadbirlar).
3.3. Xulosa.
4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar.
4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida tushuncha.
4.2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish va yuqumli kasallik paydo bo’lganda
epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlarning o’rtasidagi
farq nisbiy ekanligi.
4.3. Yuqumli kasallikni qo’zg’atuvchilarining asosiy manbalariga nisbatan
olib boriladigan tadbirlar. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni vaqtida
aniqlash usullari, bemorni ajratib qo’yish, davolash, antroponoz kasalliklarning
tarqalishiga qarshi bemorlar uchun cheklovchi va tartib choralarini qo’llash,
zoonoz kasalliklar uchun esa sanitariya va veterinariya qoidalariga amal qilish va
kemiruvchilarga qarshi bo’lgan tadbirlar.
4.4. Yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari va yuqish omillariga nisbatan
qo’llaniladigan chora-tadbirlar: sanitariya-gigiyena, dezinfeksiya, sterilizatsiya va
dezinseksiya tadbirlari.
4.5. Yuqumli kasallik yuqib qolgan holda uning oldini olishga qaratilgan
tadbirlar: zudlik bilan emlash va reja asosida emlash orqali yuqumli kasalliklarning
oldini olish.
4.6. Yuqorida ko’rsatilgan barcha yo’nalishlarga oid bo’lgan umumiy
tadbirlar: laboratoriyada
tekshirishlar, sanitariya-maorif ishlari.
4.7. Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan dispozitsion va ekspozitsion
tadbirlar.
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
35
5.1. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan asosiy chora-
tadbirlar.
5.2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun qo’llaniladigan profilaktik
tadbirlar bilan epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlar
o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlay bilish.
5.3. Epidemiyaga qarshi kurashish kuchlari va vositalari.
5.4. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan dispozitsion va
ekspozitsion tadbirlar.
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar:
6.1. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni, bakteriya tashuvchilarni
aniqlash usullarini bilish, bemorlarni ajratib qo’yish va kasallik tarqalishini
cheklovchi chora-tadbirlarni amalda qo’llay bilish.
6.2. Yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilarining manbaiga nisbatan
qo’llaniladigan chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni amalda qo’llay bilish.
6.3. Yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llariga va yuqtirish omillariga
nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni amalda qo’llash.
6.4. Rejali va shoshilinch emlashning yuqumli kasalliklar profilaktikasida
tutgan o’rni va bunday emlashlarning kasalliklarni kamaytirishdagi ta’sirini
baholay bilish.
7. Talabalarning mustaqil ishi.
7.1. Ushbu mavzu yuzasidan axborot uchun ma’lumotlar, ma’ruzalar va
adabiyotlar bilan tanishtirish.
7.2. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining sxemasini tuzish.
7.3. Epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini tuzish.
7.4. Tanlangan belgilarga asosan epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan
qo’shimcha tadbirlarni o’rganish.
7.5. Epidemiyaga qarshi kurashish tadbirlari, epidemik jarayonning
rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga (infeksiya manbai,
qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi va o’sha kasallikka moyil aholiga)
bog’liqligini ko’rsatib berish.
7.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimini, yuqumli kasalliklarning
oldini olish va epidemiya o’choqlarini tugatish tadbirlarini aytib berish.
Dostları ilə paylaş: