43
epidemiologiya bo’limining ish rejalarini tekshira turib quyidagi kamchiliklarni
ko’rsatdi: faqatgina yillik reja va kvartallar bo’yicha rejalar bor edi; yillik rejaning
"xodimlar bilan ishlash" degan qismida xodimlarning malakasini oshirish uchun
malaka oshirish institutlariga yuborish boshqa sohalar hisobidan qilinayotganligini;
"yil mobaynida" "zarur bo’lgan hollarda" degan va boshqa jumlalar bilan
almashtirilgan. Yillik rejaning "moddiy va boshqa ta’minotlar" degan qismida
yuqumli kasalliklar uchun tegishli shifoxonalar ochish ko’rsatilgan, lekin rejada
qanday ta’minot hisobiga ekanligi ko’rsatilmagan.
1. Tekshiruvchining qaysi ko’rsatmalarini to’g’ri va qaysi birini noto’g’ri deb
hisoblaysiz?
2. Kamchiliklarni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerak?
3-Masala:
Sizga yuqumli ichak kasalliklari bo’yicha terapevt, pediatr vrachlar hamda
maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari uchun seminar tashkil qilish
topshirilgan.
1. Qaysi mutaxassislarni birgalikda seminarga chaqirgan bo’lar edingiz?
Nima uchun?
2.Ushbu seminar uchun qanday mavzuda ma’ruza o’qish mumkin? Shu
mavzudagi ma’ruzani o’qish uchun qanday mutaxassislarni taklif qilish mumkin?
3. Seminarni qaysi paytda va qanday joyda o’tkazish maqsadga muvofiq?
4-Masala:
Ikki tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi o’rtasidagi
musobaqasi natijalariga ko’ra A-tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati
markazi g’olib deb topildi.
Bu tuman hududida hisobga olingan yuqumli bemorlar
soni eng kam, operativ
(epidemiologik tekshirishlar) va tashkiliy ishlar turlari (ya’ni tibbiyot xodimlari
majlislarining soni) eng ko’p ekanligi aniqlandi.
1. Tumanda epidemik holat to’g’ri baholanganmi?
2. Ma’lum hududda epidemik holatni qanday baholash kerak?
3. Musobaqa natijalarini baholashda olingan ko’rsatkichlar to’g’rimi?
4. Epidemiolog vrach bajargan ishlarini baholash uchun qanday
ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi?
5-Masala:
Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga uchastka pediatr
vrachi tomonidan 3 yoshli, yasliga qatnovchi kasal bolaga to’ldirilgan zudlik bilan
keluvchi xabarnoma keltirildi. Kasal bolaga yuqumli sariq kasalligiga shubha deb
diagnoz qo’yilgan edi. Epidemiologik tekshirishni olib borgan epidemiolog
yordamchisi kasallik manbaini, yuqish omillarini aniqlay olmadi. Bolalar
44
bog’chasiga yuqumli kasalliklardan saqlanish uchun qo’llaniladigan qoidalar ham
buzilmagan deb topildi. 17 kunlik muhlatdan so’ng o’sha bolalar guruhida yana 3
ta bolada virusli gepatit A kasalligi bilan og’rish hollari kuzatildi. Ushbu epidemik
o’choqda bo’lgan holatni muhokama qilish paytida kasallangan bolalarning
uylarida va ular qatnashadigan bog’chada epidemiologik tekshiruv epidemiolog
vrachining yordamchisi tomonidan o’tkazilganligi, u kasallangan bolalarning ota-
onalari va bog’cha mudirasi bilan bo’lib o’tgan suhbat natijasigagina asoslanib,
yuqoridagi ko’rsatilgan xulosaga kelganligi ma’lum bo’ldi.
1. Zudlik bilan yuboriluvchi xabarnomani to’lg’azishda pediatr vrach
tomonidan qanday xatolikka yo’l qo’yilganligini aniqlang.
2. Tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Markazi xodimlari ushbu
hodisani tekshirishda qanday xatolikka yo’l qo’yganligini aniqlang.
3. Bolalar muassasasida qayta kasallanishga nimalar sabab bo’lganligini
ko’rsating?
Dostları ilə paylaş: