O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemik jarayoning omillari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Epidemik jarayoning omillari 
 
Epidemik  jarayonning  biologik  omili  -  bu  evolyutsion  taraqqiyot  natijasida 
yuzaga  kelgan  parazit-qo’zg’atuvchi  bilan  xo’jayin-odam  o’rtasidagi  o’zaro 
munosabatlardir,  ya’ni  biologik  omil  deganda  parazitar  sistema  tushuniladi  (bu 
sistema  asosida  parazit  va  xo’jayin  organizmi  o’rtasidagi  evolyutsion  taraqqiyot 
natijasida kasallik qo’zg’atuvchilarining yashashi va tur sifatida saqlanib qolishini 
ta’minlovchi  o’zaro  munosabat  yotadi).  Odam  organizmi  antroponoz 
kasalliklarning qo’zg’atuvchilar uchun asosiy yashash muhiti, zoonoz kasalliklarni 
qo’zg’atuvchilari  uchun  esa  hayvon  organizmi,  sapronoz  kasalliklari 
qo’zg’atuvchilari uchun tashqi muhit ob’ektlari asosiy yashash muhitidir. 
Kasallik 
manbai 
evolyutsiya 
jarayonida 
tarkib 
topgan 
kasallik 
qo’zg’atuvchilari  uchun  tabiiy  yashash  muhitidir.  Kasallik  qo’zg’atuvchilari 
o’zlarining yashash faoliyati davomida odam organizmida va undan tashqarida o’z 
yashash muhitlarini o’zgartirib turishadi. 
Bosh  (asosiy)  yashash  muhitini  ajratish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Hozirgi 
zamon bilim darajasida odamlarda kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarning 3-ta asosiy 
yashash muhitlari tafovut qilinadi. 
1) Odam - antroponozlar uchun
2) hayvonlar - zoonozlar uchun
3) tashqi muhit - sapronozlar uchun. 
Parazitlar populyatsiyalari yashaydigan tabiiy muhitning tarkibiy qismlari: 1) 
maxsus xo’jayinlar va tashuvchilar populyatsiyasi. 2) kasallik yuqishining maxsus 
abiotik omillari. Parazit o’z  hayoti davomida ikki davrni o’tadi: odam organizmida 
yashash  (oziqlanish,  ko’payish)  davri,  o’z  xo’jayinini  almashtirish  davri.  Bu 
davrlarsiz  parazitlar  yashay  olmaydilar,  chunki  har  qanday  organizmning  hayoti 
chegaralangandir. 
Antroponoz kasalliklarining qo’zg’atuvchilar bir xo’jayinli parazitlardir. 
Odam  organizmidan  tashqarida  kasallik  qo’zg’atuvchilarning  2  kichik 
guruhlari  yashaydi:  1)  hayvonlar  parazitlari  va  saprofit  tipida  oziqlanuvchi 
mikroorganizmlar,  bular  ba’zi  hollarda  boshqa  hayvonlar  va  odam  organizmiga 
o’tib  qolishlari  ham  mumkin.  Bu  guruhdagi  kasalliklar  zooantroponozlar  deb 
ataladi. 


 
12 
Ammo  biologik  tur  sifatida  yashash  belgilariga  qarab  ular  haqiqiy  parazitlar 
hisoblanadi. Ikkinchi guruhdagilar sapronozlar deb ataladi. 
Epidemik  jarayonda  kasallik  qo’zg’atuvchilarining  asosiy  xususiyatlari 
ularning  fenotipik  va  genotipik  geterogenliklaridir.  Ular  virulentliklari  bo’yicha, 
antigenlik  belgilari  bo’yicha,  ferment  ajratishlari  bo’yicha,  antibiotiklarga 
sezuvchanliklari  bo’yicha  xilma-xildirlar.  Ekologiya  nuqtai-nazaridan  qaraganda 
har  xil  guruhlar  sistemasiga  kiruvchi  kasallik  qo’zg’atuvchilarni  (viruslar, 
rikketsiyalar,  bakteriyalar,  spiroxetalar,  zamburug’lar,  gelmintlar)  4  guruhga 
birlashtirish mumkin. 
Obligat  parazitlar,  odamlar  uchun  shartli-patogen  bo’lgan  obligat  parazitlar, 
bular antroponoz kasalliklarini qo’zg’atuvchilar. 
Odamlar uchun patogen bo’lgan, hayvonlarning obligat parazitlari. 
Odamlar  va  hayvonlar  uchun  shartli-patogen  bo’lgan  fakultativ  parazitlar, 
bular  zoonoz  kasalliklarni  qo’zg’atuvchilar.  Odamlar  uchun  obligat  patogen 
bo’lgan  parazitlar  chaqirgan  antroponozlarda  kasallik  manbai,  ya’ni  kasallik 
qo’zg’atuvchilarning tabiiy yashash muhiti odam organizmi hisoblanadi. Bu holda 
epidemik  jarayon  infeksiya  bilan  zararlangan  odamlar  zanjiridan  iborat  bo’ladi. 
Infeksion  jarayonning  bu  xil  ko’rinishida  kasallik  manbaining  epidemiologik 
xavflilik  darajasi  organizmga  tushgan  qo’zg’atuvchilar  soniga,  virulentligiga  va 
odam organizmining chidamliligiga bog’liq bo’ladi. 
Odamlar uchun obligat shartli patogen parazitlarga tegishli mikroorganizmlar 
(esherixiyalar,  klebsiellalar,  stafilokokklar,  difteriya  tayoqchalari  va  boshqalar) 
odamlarning  doimiy  yo’ldoshlari  hisoblanadi  va  organizmning  og’ir  jarohatlar, 
jiddiy  jarrohlik  muolajalari,  leykemiya,  nur  bilan  davolashlari  oqibatida 
chidamliligining  pasayganligida  kasallik  chaqirishi  mumkin.  Sog’lom  odamlar 
o’rtasida  ''normal"  mikrofloralar  almashilganda  shartli  patogen  mikroorganizmlar 
ham boshqa organizmga tushib ekzogen infeksiya chaqirishi mumkin. 
Infeksiyalar,  shartli  patogen  parazitlar,  chidamliligi  kamaygan  organizmda 
odatdagi  joylashgan  joyida  patologik  jarayon  vujudga  kelsa,  endogen  turdagi 
infeksiya  rivojlanadi  yoki  organizmning  o’z  mikroflorasi  joylashgan  odamdagi 
joydan boshqa patologik jarayon yuzaga kelsa, autoinfeksiya turida bo’ladi. 
Zoonoz  kasallik  qo’zg’atuvchilar,  hayvonlarning  obligat  parazitlari  ko’p 
xo’jayinli  parazitlar  hisoblanadi.  Bunda  bir  turdagi  hayvonlar  kasallik 
qo’zg’atuvchilarning  asosiy  manbai  hisoblanadi.  Boshqa  turdagi  hayvonlar  esa 
oraliq  xo’jayin  hisoblanadi,  chunki  bu  hayvonlar  organizmda  parazitlar  biologik 
tur sifatida tabiatda saqlanib qololmaydi. 
Epizootik jarayon hayvonlar orasida yuqumli kasallik tarqalishi uchun o’zaro 
uzluksiz bog’langan zanjir bo’lib xizmat qiladi. Bunday hollarda asosiy manbadan 
tashqari  qo’shimcha  manba  ham  bo’lishi  mumkin.  Qo’zg’atuvchilarning  bunday 
aylanish jarayonida ular odam organizmiga ham tushishi mumkin. 
Bunday  hollarda  epidemik  jarayon  vujudga  keladi.  Shunday  bo’lishiga 
qaramay,  ba’zan  inson  organizmi  qo’zg’atuvchi  uchun  "biologik  boshi  berk 
ko’cha" (tupik) sifatida, ya’ni kasallik qo’zg’atuvchisi kasal kishidan sog’ odamga 
o’ta  olmaydi.  Shuning  uchun  zoonozlarda  epidemik  jarayon  bir-biri  bilan 


 
13 
bog’lanmagan  holda  bo’lib,  kasallik  onda-sonda  hayvonlardan  odamga  yuqishi 
mumkin. 
Ba’zi zoonoz kasalliklarda (o’pka touni, sariqlik isitmada), odam qo’shimcha 
kasallik  qo’zg’atuvchilar  manbai  hisoblanishi  mumkin,  chunki  bunday  hollarda 
kasallik bemor odamdan sog’lom odamga o’tishi mumkin. Lekin bu holat o’tkinchi 
bo’ladi,  chunki  qo’zg’atuvchilar  tabiatda  biologik  tur  sifatida  uzoq  vaqt  yashay 
olmaydilar.  Bunday  mikroorganizmlarga  klostridiyalar,  ko’pgina  zamburug’lar, 
meliodozlar,  soxta  tuberkulyoz  qo’zg’atuvchilari  va  boshqalar  kiradi.  Bu 
mikroorganizmlar  ma’lum  hollardagina  kasallik  chaqira  oladi.  Masalan,  qoqshol 
og’iz  orqali  yuqqanda  kasallik  chaqirmaydi,  agarda  qo’zg’atuvchi  jarohatlangan 
teriga tushsa kasallik keltirib chiqarishi mumkin. 
Shunday  qilib,  fakultativ  ko’zgatuvchilarning  manbai  bo’lib,  tabiatda  jonsiz 
muhit (tuproq va boshqa), hayvon yoki odam organizmlari hisoblanadi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin