O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Dezinfeksiya kameralarining tuzilishi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Dezinfeksiya kameralarining tuzilishi 
 
Har qanday tipdaga dezinfeksiya kameralari asosan buyumlar solinadigan asli 
kameradan,  issiqlik  manbalaridan  (olov  yoqiladigan  o’choq,  elektr  asboblari  va 
bug’ qozon) va nazorat qiluvchi o’lchov asboblaridan (termometrlar, monometrlar) 
iborat bo’ladi. 
Deyarli hamma tipdagi kameralarda ishga soladigan moslama (bug’ enjektori, 
motorli  shamol  haydagich  bo’lgan  yoki  bunday  moslama  bo’lmagan)  sof  havoni 
kiritib,  eskisini  chiqaradigan  shamol  haydagich  mavjud.  Bu  moslama  kamera 
ichida  haroratni  boshqarishga,  undagi  bug’ni  chiqarib  yuborishga,  Shuningdek 
zararsizlantirish  tugagandan  keyin  buyumlarni  sovutishga  xizmat  qiladi.  Bundan 
tashqari,  kameralarda  dezinfeksiya  qiluvchi  kimyoviy  moddalarni  (formalin, 
ammiak  va  boshqalar)  kiritish  uchun  forsunka,  lotok  va  boshqa  moslamalar 
shaklidagi maxsus asboblar ham bo’lishi mumkin. 
Asli 
kameralarning 
ichki 
va 
tashqi 
hajmi 
kamera 
tipiga, 
dezinfeksiyalanayotgan  buyumlarning  oz-ko’pligiga  va  ularning  kameralarda 
qanday  joylashishiga  ko’ra  turlichadir.  Bug’  kameralari  odatda  yassi-yumaloq 
shaklda yasaladi, joylarda quriladigan kameralar esa to’rt burchak shaklida bo’lib 
hajmi va sig’imi yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari, ba’zan kamera uchun 
mo’ljallangan  xonaning  hajmiga  bog’liq  bo’ladi.  Issiqlik  manbalari  kameralar 
tipiga ko’ra har xil bo’ladi. Kamera haroratini kuzatib turish uchun burchakli yoki 
to’g’ri  texnik  termometrdan  foydalaniladi.  Namlik  maromi  psixrometrlar 
yordamida o’lchab boriladi. Vakuum-kameralardagi siyraklashgan havoni bosimini 
mono-vakuummetrlar  yordamida  o’lchanadi.  Kamera  binosining  yuk  tushiradigan 


 
80 
(toza)  qismi  tomonida  kameraning  nazorat  o’lchov  asboblari  o’rnatiladi. 
Xavfsizlikni  taminlash  maqsadida  kameralarda  ortiqcha  bug’ni  chiqarib  yuborib, 
bosimni pasaytiruvchi ehtiyot ochib - yopqichlar o’rnatilgan. 
Mustaqil ish uchun vazifa: 
Talaba  masala  echishi  shart.  Masala  yozma  ravishda  yechilib,  o’qituvchiga 
baholash uchun topshiriladi 
I — masala. 
Epidemiolog-vrach  ich  terlama  kasalligi  o’chog’ida  yakuniy  dezinfeksiyani 
nazorat kilib, quyidagi kamchiliklarni aniqladi: 
a) dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan quyidagi narsalar: idish-tovoq, tuvak, 
kasalning kiyim-kechaklari dezinfeksiya qilinmagan; 
b)  kiyim-kechaklarni,  choyshablarni  dezinfeksiya  qilish  usuli  noto’g’ri  olib 
borilgan, ya’ni ular faqatgina yuvilgan; 
1. Dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan narsalarni aniqlab, ularni dezinfeksiya 
qilish tartibini ko’rsatib bering. 
2. Dezinfeksiya qilish usullariga tavsif bering. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin