O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Axborot uchun ma’lumot 
Epidemiyaga  qarshi  kurashish  chora-tadbirlari  tizimida  immunoprofilaktika 
o’ziga  xos  o’rin  tutadi.  Ma’lumki,  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olish  tizimi 
asosan  3  yo’nalish  bilan  boruvchi  profilaktik  va  epidemiyaga  qarshi  chora-
tadbirlardan iborat: 
1. Kasallik manbaini alohidalab qo’yish va zararsizlantirish. 
2.  Kasallik  qo’zg’atuvchilari  tarqalishining  oldini  olish  uchun  yuqish 
mexanizmini va yo’llarini uzib (to’sib) qo’yish. 
3.  Emlash  yo’li  bilan  aholining  u  yoki  bu  xil  yuqumli  kasalliklarga 
moyilliklarini kamaytirish. 
Yuqumli  kasalliklarning  klinik-epidemiologik  va  immunologik  xususiyatlari 
va  samarali  preparatlarning  mavjudligiga  qarab,  yuqumli  kasalliklarning  oldini 
olishda  yuqorida  ko’rsatilgan  yo’nalishlardan  biri  asosiy  yo’nalish  bo’lishi 
mumkin. Masalan, ikkinchi yo’nalish aholi o’rtasida bitlashni yo’qotish, toshmali 
terlama  kasalligini  bartaraf  qilishda  asosiy  o’rin  tutadi.  Lekin  bu  o’rinda  aholi 
o’rtasida  bitlashni  tekshirish,  kasallik  manbaini  (toshmali  terlama  bilan 
kasallanganlarni)  aniqlash,  ularni  shifoxonalarga  yotqizish  va  keng  sanitariya-
oqartuv ishlarini olib borish ham katta ahamiyatga ega. 
Toshmali  terlamaning  oldini  olishda  emlash  yordamchi  vosita  hisoblanib, 
undan  sanitariya-gigiyena  chora-tadbirlarini  qisqa  vaqt  ichida  o’tkazishning  iloji 
bo’lmagan  holda  foydalaniladi.  Emlashning  ijobiy  tomonlari  Shundaki,  toshmali 
terlama  kasalligining  kechishini  engillashtiradi  va  o’lim  hollarini  butunlay 
yo’qotadi. Emlash o’lat, kuydirgi, qora oqsoq (brucellyoz), leptospiroz, vabo, ich 
terlama  va  boshqa  ichak  kasalliklarining  (poliomielitdan  tashqari)  oldini  olishda 
yordamchi vosita hisoblanadi. Bu turdagi kasalliklarga qarshi vaksinalar yetarlicha 
samaradorlikka  ega  emas.  Bunday  turdagi  kasalliklarning  oldini  olishda  asosiy 
e’tibor  sanitariya-gigiyena  va  davolash-profilaktika  chora-tadbirlariga  qaratilgan 
bo’lishi kerak. 
Yuqumli  kasalliklarning  ba’zi  bir  xillari  mavjudki,  ularning  oldini  olish  va 
kamaytirishda  sanitariya-gigiyena  chora-tadbirlarini  qo’llashning  o’zigina  yetarli 
natija  bermaydi.  Bunday  kasalliklar  jumlasiga  ko’proq  havo-tomchi  yo’li  orqali 
yuquvchi  kasalliklarni  kiritish  mumkin:  difteriya,  chinchechak,  ko’kyo’tal, 


 
92 
qizamiq, sil va h.k. 
Bu  kasalliklarda  infeksiya  manbai  va  yuqish  mexanizmiga  qaratilgan  chora-
tadbirlarning  yetarlicha  samara  bermasliginiig  asosiy  sabablari  -  ushbu 
kasalliklarning klinik va epidemiologik xususiyatlari bilan bog’liq, ya’ni kasallikka 
umumiy  moyillik,  o’ta  faol  va  oson  amalga  oshuvchi  yuqish  mexanizmi, 
kasallikning  engil,  yashirin  kechishi,  ularni  o’z  vaqtida  va  butunlay  aniqlashning 
qiyinligidadir.  Shuning  uchun  ham  bunday  kasalliklarni  kamaytirish  va  oldini 
olishda emlash katta ahamiyatga ega va u asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi. 
Emlash  ishlari  yo’lga  qo’yilgunga  qadar  yer  kurrasining  barcha  joylarida 
qizamik,  difteriya,  tepki,  ko’k  yo’tal  kabi  kasalliklar  bolalar  orasida  juda  keng 
tarqalgan  bo’lib,  o’lim  hollari  ko’pligining  asosiy  sabablaridan  biri  bo’lib 
kelishgan.  Bu  kasalliklarga  qarshi  emlash  o’tkazilishi  natijasida  kasallanish 
holatlari  keskin  kamaydi.  Masalan,  Rossiyada  Paster  nomli  epidemiologiya  va 
mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutida ishlab chiqarilgan qizamiqqa qarshi tirik 
vaksina  keng  ko’lamda  epidemiologik  sinovdan  o’tkazilganda  kasallanish  o’n 
martaga  kamaygan  va  emlashdan  keyingi  immunitet  uzoq  vaqt  (5  yildan  kam 
emas)  davom  etishi  aniqlangan.  1969  yildan  boshlab  bolalarni  rejali  ravishda 
qizamiqqa  qarshi  emlash  keng  yo’lga  qo’yilgan.  Buning  natijasida 
mamlakatimizda  qizamiq  bilan  og’rish  keskin  kamaydi.  Difteriya,  ko’kyo’tal, 
qoqshol  va  poliomielit  kasalliklariga  qarshi  profilaktik  emlash  natijasida  hozirgi 
vaqtda  mamlakatimizda  difteriya  kasalligi  yakkam-dukkam  holda  asosan 
emlanmagan  yoki  noto’g’ri  emlanganlar  orasida  uchrab  turibdi;  ko’kyo’tal  bilan 
og’rish  sezilarli  darajada  kamaydi;  qoqshol  bilan  og’rish  keskin  kamaydi. 
Poliomielit batamom tugatildi. 
Immun  zardoblar  bilan  passiv  emlash  yordamida  ko’pgina  yuqumli 
kasalliklarning  oldini  olish  yoki  davolash  mumkin.  Bunday  zardoblar  yordamida 
yuqumli  kasal  bemorlari  bilan  muloqotda  bo’lgan  kishilarni  emlash  kasallik 
tarqalishining oldini oladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin