O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Profilaktik emlash uchun qo’llaniladigan preparatlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Profilaktik emlash uchun qo’llaniladigan preparatlar 
Hozirgi  paytda  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olish  uchun  vaksinalarning 
quyidagi turlari ishlatiladi: 
- tirik vaksinalar; 
- jonsizlantirilgan vaksinalar; 
- kimyoviy vaksinalar; 
- anatoksinlar. 
Tirik  vaksinalar  -  patogenlik,  virulentlik  xususiyatlari  yo’qotilgan,  lekin 
immunologik  xususiyatlari  saqlab  qolingan  bakteriya,  rikketsiya  va  viruslardan 
tayyorlanadigan vaksinalardir. 
Ular  jonsizlantirilgan  vaksinalarga  nisbatan  bir  qancha  afzalliklarga  ega. 
Organizmga  yuborilgan  tirik  vaksinalar  ko’paya  boshlaydi  va  limfa  tugunlariga, 
ba’zan esa ichki organlargacha ham kirib bora oladi. O’z navbatida organizm ham 
bunga  javoban  maxsus  reaksiya  bilan,  ya’ni  antigenga qarshi antitelo hosil  qilish 
reaksiyasi bilan javob qaytaradi. 
Emlash  natijasida  o’tadigan  infeksion  jarayon  bir  necha  hafta  davom  etadi. 
Organizm  bu  vaqt  mobaynida  bir  marta  yuborilgan  vaksinaga  javoban  kuchli  va 
davomli  immunitet  hosil  qilib  ulguradi.  Jonsizlantirilgan  vaksinalarda  esa  buning 
uchun organizmga ikki-uch marotaba yuborish kerak bo’ladi. 
Tirik vaksinalar quyidagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda qo’llaniladi: 
chin  chechak, qizamiq, sil, gripp, epidemik parotit (tepki), tulyaremiya, Ku-isitma, 
o’lat, sariq isitma, qora oqsoq, poliomielit, kuydirgi. 
Tirik vaksinalar 4-8°S (2-10°S) dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi va 
tashilishi lozim. 
Idishi  singan  yoki  darz  ketgan,  vaksinasining  ko’rinishi  o’zgargan  bo’lsa 
(burishib  qolgan,  har  xil  rangda,  nomlanmagan  va  boshq.),  bunday  vaksinalar 
ishlatilmaydi  (brakeraj)  va  zararsizlantirilib  tashlab  yuboriladi.  Quritilgan 
vaksinalarni eritish uchun steril izotonik natriy xlor suyuqligi yoki distillangan suv 
ishlatiladi.  O’tgan  davrlarda  tirik  vaksinalar  suyuq  holda  chiqarilar  edi  va  o’z 
aktivligini eng qulay sharoitlarda ham 3 haftadan ko’p saqlab qololmas edi. Bu hol 
esa  ularning  tibbiyot  amaliyotida  keng  qo’lanilishini  chegaralab  qo’yar  edi. 
Bunday  kamchiliklarni  bartaraf  etish  va  immunogenlik  xususiyatlarini  uzoq 
muddatlargacha  saqlab  qola  olishi  uchun,  tirik  vaksinalar  shtammlari  zararsiz 
bo’lgan qo’shimcha  moddalar (saxaroza, jelatin va boshq..) qo’shilib muzlatilgan 
holda  chuqur  vakuum  ostida  quritilib,  shisha  idishlarda  vakuum  sharoitida 
yopilgan  holda  chiqariladi.  Odatda  har  bir  vaksinaning  yonida  kerakli  miqdorda 
eritish  uchun  idishchada  suyuqlik  bo’ladi.  Eritilgan  vaksina  4  soat  mobaynida 


 
94 
ishlatilishi kerak. Ishlatilmay qolgan vaksina zararsizlantirilib, tashlab yuboriladi. 
Shuni  esda  tutish  kerakki,  tirik  vaksinalar  bilan  emlashdan  2  kun  oldin  va 
emlangandan  keyin  7-10  kun  mobaynida  antibiotik  va  sulfanilamid  dorilar  qabul 
qilmaslik kerak. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin