O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


MAVZU 9. RETROSPEKTIV EPIDEMIOLOGIK TAHLILNING



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

MAVZU 9. RETROSPEKTIV EPIDEMIOLOGIK TAHLILNING 
MAQSADI, VAZIFALARI VA ASOSIY YO’NALISHI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
Mashg’ulotning  asosiy  maqsadi  yuqumli  kasalliklarni  epidemiologik  tahlil 
qilishni,  Shu  tahlil  natijalariga  asoslanib  kasallikni  yanada  kamaytirish  chora-
tadbirlari rejasini tuzishni o’rganishdir. 
2.  O’qish  joyi  va  vaqti:  20  soat  amaliy  mashg’ulot  epidemiologiya 
kafedrasida o’tkaziladi. 
3. Ushbu mavzu bo’yicha talaba quyidagilarni bilishi kerak: 
3.1. Retrospektiv epidemiologik tahlil tuShunchasining ta’rifi. 
3.2.  Ko’p  yillik  epidemik  tendensiyani,  epidemik  jarayonda  davriylikning 
sabablari. 
3.3.  Kasallikning  ko’p  yillik  o’zgarish  sur’atini  tahlil  qilish  va  natijalariga 
baho berish. 
3.4. Kasallikning yillik o’sish sur’atini tahlil qilish va uning ta’rifi. 
3.5.  Kasallikning  yillik  o’sish  sur’atida  har  xil  ko’rinishlarda  namoyon 
bo’ladigan epidemik jarayonni belgilovchi sabablarni o’rganish. 
3.6. Kasallikni korrelyatsion, regression va dispersion tahlil qilish uslublari. 
3.7.  Epidemik  jihatdan  xavfli  guruhlarni,  hududlarni,  vaqtni  va  omillarni 
aniqlashni o’rganish. 
3.8.  Retrospektiv  epidemiologik  tahlil  asosida  epidemiyaga  qarshi  kurashish 
chora-tadbirlar rejasini tuzishni o’rganish. 
3.9. Operativ epidemiologik tahlil tushunchasi:  
3.9.1.      Yuqumli      kasalliklar      profilaktikasida    operativ      epidemiologik 
tahlilning ahamiyati. 
4. Talaba bilishi kerak bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 
4.1.  Talabalar  nazariy  bilimlarini  retrospektiv  epidemiologik  tahlilni 
o’tkazishda qo’llay bilishlari kerak. 
4.2.  Yuqumli  kasalliklarning  ko’p  yillik  dinamikasini  tahlil  qila  bilishlari 
kerak. Davriylikni chizma ravishda tasvirlash va baholashni bilishlari kerak. 
4.3. Kasallikning retrospektiv epidemiologik tahlilini o’tkaza bilishi kerak. 
4.4. Epidemiologik belgilar bo’yicha kasallanishni tahlil qila bilishi kerak. 
4.5.  Retrospektiv  epidemiologik  tahlil  natijalariga  asoslanib  epidemiyaga 
qarshi chora-tadbirlar rejasini tuza bilishi kerak. 
4.6. Guruh-guruh bo’lib kasallanishning sabablarini aniqlay bilishi kerak. 
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1.  Kirish,  mashg’ulotning  maqsadini  tuShunib  olish  va  mavzu  ma’nosini 
anglash. 
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarda mavjud bo’lgan dastlabki bilimlarni 
aniqlash. 
5.3.  Ushbu  mavzu  yuzasidan  axborot  uchun  berilgan  ma’lumotlarni  va 
adabiyotlarda yoritilgan materiallarni o’rganish. 
5.4. Epidemiologik tahlil uslublari bilan tanishish. 
5.5.  Retrospektiv  epidemiologik  tahlil.  Kasallikning  ko’p  yillik,  yillik 


 
100 
dinamikasini  tahlil  qilishni  o’rganish,  epidemiologik  jihatdan  havfli  guruhlarni, 
vaqtni, hududlarni va omillarni aniqlashni o’rganish. 
5.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar rejasi bilan tanishish. 
5.7. Operativ epidemiologik tahlil. 
 6. Talabalarning mustaqil ishi. 
6.1.  Kasallikning  ko’p  yillik  va  yillik  dinamikasini  statistik  usullar  va 
kompyuterlar yordamida tahlil qilish. 
6.2.  Kasallikni  epidemiologik  belgilari  bo’yicha  statistika  usuli  yordamida 
tahlil qilish. 
6.3.  Retrospektiv  epidemiologik  tahlil  natijalariga  asoslanib,  epidemiyaga 
qarshi kurashish chora-tadbirlar rejasini tuzish. 
6.4.  Retrospektiv  epidemiologik  tahlil  natijalarini  kurs  ishi  sifatida 
rasmiylashtirish. 
6.5. Operativ epidemiologik tahlil qilish. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin