Tarbiyalash



Yüklə 207,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix29.01.2022
ölçüsü207,07 Kb.
#113949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’QUVCHILARNING MEHNAT,JISMONIY ,VA ESTETIK TARBIYALASH (1)

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



Jismoniy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  o‘quvchilarni  gigiyena  qoidalari  bilan 

tanishtirish,  ularga  so‘zsiz  amal  qilish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishlariga  erishish  muhimdir. 

Buyuk  pedagog  Abdulla  avloniy  o‘zining  «Turkiy  guliston  yohud  axloq»  asarida  bu  borada 

quyidagilarni  ta’kidlagan  edi:  «Nazofat  (gigiyena)  deb  a’zolarimizni,  kiyimlarimizni, 

asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o‘tkir qilur. Xalq 

orasida e’tibor va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning 

qadrin bilan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq 

eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog‘ini chiqarib yurmak zo‘r ayb va 

gunohdur.  ...  Ifloslik  balosidan  poklik  davosi  ila  qutulmoq  kerak».  Demak,  inson  jismonan 

baquvvat  va  aqlan  ziyrak  bo‘lishni  istasa,  u  birinchi  navbatda  poklikka  katta  ahamiyat  berishi 

lozim.  Ayni  paytda  poklik  tarbiyasi  ustuvor  bo‘lgan  insonlarda  kishiga  yaxshi  yashash  uchun 

zarur bo‘lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo‘lgan nuqsonlar yo‘qoladi. 

Jismoniy  tarbiya  bolalarga  faqat  oilada  yoki  ta’lim  muassasalarida  ta’limni  tashkil  etish 

jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, turli 

musobaqalar, tadbirlar chog‘ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog‘lom 

tanda sog‘ aql» degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo‘nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy 

tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish o‘quvchilar o‘rtasida salbiy 

holatlar - ka–andalik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi. 

  Nazorat uchun savollar: 

1.Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari qanday baholaysiz 

2.Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlaridan misollar keltiring. 


Yüklə 207,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin