49
X U L O S A
Ushbu bitiruv malakaviy ishimda Power Point dasturi haqida to’la
ma’lumot va ular ustida ishlash haqida to’la ma’lumot berishga harakat qildim.
dasturdan foydalanish ustida olib borilgan tajribalar dasturdan foydalanishni
bilmaydigan har qanday o’quvchi uchun qulay qo’llanma bo’ladi deya olamiz.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, kundan kunga reklamalarga juda keng e’tibor
berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va
radioreklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter reklamalarni yaratish va
tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Reklama prezentatsiyasini yaratish bu ko’p vaqtni talab qiladigan juda
muhim va mas’uliyatli jarayondir. Bu o’rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar,
animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat senariyni o’ylab topish.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu
Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar,
slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib,sifatli prezentatsiyalar
yaratish imkonini beradi.
Bitiruv malakaviy ishimni xulosalar ekanman, POWER POINT dasturi
haqida har qanday usul bilan dars o`tmaylik, shu usul jamiyatga, hayotiy
voqealarga bog`lab dars o`tilsagina , o`quvchini darsga qiziqtira olsa bu birinchi
navbatda bizning yutug`imiz hisoblanadi.
Zero, yurtboshimiz Islom Karimov tarafidan 2014-yilni «Sog`lom bola yili»
deb nomlanishi yurtimizda ta`lim-tarbiya olayotgan yosh avlodning sog`lom bo`lib
yetishishida darslarni to`g`ri va samarali usullarda tashkillashtirishni ahamiyati
katta ekanligini anglab yetmog’imiz zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Zamonaviy axborot tehnalogiyalari haqida
bugungi talabalarga POWER POINT dasturi haqida to’la va to’g’ri ma’lumot
berib, ulardan oqilola foydalanish usullarini o’rgata olsak,o’ylaymanki biz
oldimizga qo’ygan asosiy maqsadlarimizdan biriga erishgan bo’lamiz.
Dostları ilə paylaş: |