Tadqiqot obekti. Microsoft Power Point dasturiy paketi.
?
Ishning tuzilishi. Mazkur ish kirish qismi, uchta Bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, birinchi Bobda Power Point dasturi haqida
umumiy tushunchalar berib unda Microsoft Power Point dasturning menyusi,
Power Pointni ishga tushirish, Power Point dasturining uskunalar paneli,
Prezentatsiya yaratish bosqichlari kabi bo’limlardan tashkil topgan.
Ikkinchi bob Power Point grafik muharriri deb nomlangan bo’lib, unda Slayd
tuzilishini o’zgartirish va slaydlarga matn kiritish va Slaydda ob’yektlarni
joylashtirish va formatlash haqida ma’lumot beramiz.
Bitiruv malakaviy ishimizning uchinchi bobi Prezentatsiyaga maxsus efektlar
qo’yish haqida bo’lib, Power Point dasturi va unda taqdimotlar yaratish,
Prеzеntatsiya namoyishlari to’g’risida ish olib boramiz.
Power Point dastur mahsuloti asosan prezentatsiyalar hosil qilishda ishlatiladi.
Prezentatsiya - ma'ruza, biznes reja va hokazolar bo’lishi mumkin. Har bir
prezentatsiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Microsoft Power Point yaratgan hujjatlarini Office ning boshqa muharirlariga,
Web sahifa ko’rinishida, rasm ko’rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko’rinishlarda
eksport qilish imkoni berilgan.
Prezentatsiyalar tayyorlashda qulayliklari juda katta bo’lgan zamonaviy
dasturlardan biri Microsoft Power Point da tayyorlanadigan Prezentatsiya
|