Bitiruv malakaviy ish vazifalari:
—
Furqat hayoti va faoliyatining o‗rganilishi;
—
Adabiyotning tarixiy taraqqiyotida shoir ijodining o‗rnini aniqlash;
—
Furqat hayoti va ijodi yuzasidan tuzilgan savol-javoblar ustida ishlash;
—
Shoir lirikasining janr turlari va uni o‗qitish metodikasi;
—
Shoir she‘riyatining mavzusi, g‗oyaviy yo‗nalishi;
—
Furqatning badiiy tasvirdagi mahoratini ochib berish.
Ishning yangiligi: Furat hayoti va ijodi o‗zbek adabiyoti va metodika
sohalarida o‗rganilgan bo‗lsa-da, lirikasining ahamiyati va yosh-avlodni
tarbiyalashdagi roli tadqiqot darajasida o‗rganilmagan edi. Biz o‗z bitiruv
malakaviy ishimizda mana shu jihatga e‘tibor qaratdik.
Tadqiqot obyekti va predmeti. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimovning ma‘naviy-ma‘rifiy g‗oyalari, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun,
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, Davlat ta‘lim standartlari hamda Furqat hayoti,
ijodi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlar, adabiyotshunos olimlarning
qarashlari ishning metodologik asosini tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: |