Elektr yuritma asoslari. Elektr yuritma ishchi mashina ustida aylantiruvchi magnit hosil
qilish uchun hizmat qiladi.
Elektr yuritmani elektr qismi bir yoki bir necha elektrodvigatellardan va elektr
qurilmalaridan iborat. Elektr yuritmani mexanika qismi va reduktorli uzatma, harakat
o`zgartirgichlari va boshqalardan iborat bo`lib, u elektrodvigatel o`qidan ishchi mashinaga
aylantiruvchi momentni uzatish uchun ishlatiladi.
Elektr yuritmalar uch guruhga bo`linadi: yakka dvigatelli, guruhli va ko`p dvigatelli. Yakka
dvigatelli elektr yuritmada har bir ishchi mashina o`z elektrodvigateliga ega. Guruhli elektr
yuritmada bir guruh ishchi mashinalar bitta elektrodvigateldan harakat oladi. Ko`p dvigatelli
elektr yuritmada agregatni har bir ishchi mashinasi yoki organi o`z elektrodvigateliga ega. Ishlab
chiqarishni maxanizasiyalash va avtomatlashtirish ko`p dvigatelli elektr yuritmalarni keng
qo`llanilishiga olib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |