Umumlashtirish – воқеликдаги нарса ва ходисларни умумий ва муҳим белгиларига қараб
фикран бирлаштиришдан иборат тафаккур жараёни. Uyushganlik- guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari,
hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari. Ustanovka – yo‘nalish, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga va obyektlarga nisbatan qanday
munosabatda bo‘lish, ularni idrok qilish, ularga baho berish va ularga nisbatan harakatining
tayyorlik holati. Faoliyat – 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy)
faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi. Faoliyat– insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo‘ladigan va
tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini bilishga, uni qayta qurishga yo‘naltirlgan faolligi.
Faollik– tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishida
namoyon bo‘ladi.