Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus
tashkil etilgan pedagog va talabalarning maqsadli o‘zaro munosabatlari. Pedagogik malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan
mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik texnologiya – 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali
va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning o’z
luksiz o‘zaro bog‘langan harakatlari tizimidir; 2) ta’lim-tarbiya metodlarini u yoki bu to‘plamini
qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogning o’z luksiz, o‘zaro shartlangan harakatlari tizimidir;
3)ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o‘zaro
hamkorligi asosida o‘qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo‘llash hamda
belgilashning tizimli metodidir.