Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   148
2 5237912101523035255

Tayanch tushunchalar: 
Ekstravert-umumiy faollik, introvert-ichki olamga berilgan, shaxs perseptiv xususiyati 
–  kuzatuvchanlik,  tezis-bu  isbot  qilish  kerak  bo’lgan  fikr,  argument-  bu  tezisni  isbotlashda 
yordam beradi. 
O'qituvchining  bolalar  bilan  muomilasi  muvaffaqiyatli  bo'lishi  ko'p  jihatdan  unda 
pedagogik  qobiliyatni  mavjudligiga,  mahoratiga  bog’liq  bo'ladi.  Psixologiyada  pedagogik 
qobiliyatlar deganda insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu 
xususiyatlar  uning  o'qituvchi  vazifasida  bolalarni  o’qitish  va  bolalarga  ta'lim  bsrishda  yuksak 
natijalarni qo'lga kiritilganining sharti hisoblanadi. Malumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini 
hosil  qiluvchi  xislatlar  va  xususiyatlar  orasida  bir  xillari  etakchi  rol  o'ynasa,  boshqalari 
yordamchi rol o'ynaydi. 
Birinchi  navbatda  perseptiv,  ya'ni  idrok  qilish  sohasiga  taalluqli  bo'lgan  xususiyatlar 
(ulardan  eng  muhimrog’i  kuzatunchanlikdir)  etakchi  rol  o'ynaydi,  o'qituvchiga  o'quvchining 
psixologiyasini, uning psixik holatini o'xshash tarzda idrok etish, muayyan holda umuman snnf 
jamaosining  ahvoliga  to'g’ri  baho  berish  imkonini  beradi.  O'qituvchi  shaxsining  o'zaro  fikr 
almashuv  bilan  bog’liq  xususiyatlari  tarkibiy  qismi  sifatida  empatiya,  ya'ni  o'quvchilarning 
psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur 
sharti bolalarga bo'lgan  muhabbatdir. Nihoyat, o'qituvchi  shaxsining o'zaro fikr  almashuv  bilan 
bog’liq  xususiyatlarning  uchinchi  tarkibiy  qismi,  deb  ijtimoiy  o'zaro  harakatda  bo'lgan  yuksak 
rivojlangan  ehtiyojni  hisoblash  mumkin.  U  bilimlarni  boshqalarga  berishda,  bolalar  bilan 
muomala  jarayonini  tashkil  etish  istagida  namoyon  bo'ladi.  Tashkil  etish  qobiliyati  ham 
pedagogik qobiliyatlarning tarkibiy qismidir. U barcha o'quvchilarning har xil faoliyat turlariga 
jalb  qilinishida,  jamoaning  har  bir  o'quvchiga  ta'sir  ko'rsatish  quroliga  aylanishida,  har  bir 
o'quvchiga  faoliyat,  vaziyatni  ta'minlab  berishda  namoyon  bo'ladi.  O'qituvchida  ijtimoiy  o'zaro 
harakatda bo'lgan, unda  mavjud bo'lgan pedagogik  nazokat  maydonga chiqadi. Endi pedagogik 
qobiliyatlar  strukturasiga  kiradigan  yordamchi  xislatlar  va  xususiyatlardan  ayrimlarini  ko'rib 
chiqamiz. 


Bu,  avvalo,  aql-idroknnng  muayyon  xislatari:  hozirjavoblik,  tanqid  ko'zi  bilan  qarash, 
sobitqadamlik va boshqa bir qator xislatlardir.  
O'qituvchining nutqi, notiqlik qobiliyatlarining mavjudligi, so'z boyligi va hokazolar ham 
muhim  rol  o'ynaydi.  Tabiatida  bir  qadar  artistlik  xususiyatiga  ega  bo'lishi  (xayol,  fantaziya 
ishlata  bilish)  ham  o'quvchilar  bilan  muomalada  muvaffaqiyatga  erishishda  muayyan  rol 
o'ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishinnng shartigina emas, 
balki  ko'p  jihatdan  o'qituvchining  muvaffaqiyatli  ishlashining  natijasi  hamdir.  Shu  munosabat 
bilan  o'qituvchining  o'zida  pedagogik  qobiliyatlarniig  aniq  maqsadini  ko'zlab  tarkib  topish  va 
rivojlanishi  katta  rol  o'ynaydi.  Tajriba  va  maxsus  tadqiqotlar  buning  batamom  xaqiqiy  narsa 
ekanligini ko'rsatmoqa. 
Masalan,  shaxs  persevtiv  xususiyatlarning  eng  muhim  elementi  bo'lgan  kuzatuvchanlik 
o'qituvchining  pedagogik  tajriba  hosil  qilish  jarayonida  ham,  uning  maxsus  kuch-g’ayrati 
natijasida  ham  rivojlanadi,  takomillashadi.  O’qituvchi  o'zining  ijtimoiy-psixologik 
kuzatuvchanligini,  ya'ni  o'quvchilarda  turli  xarakter  xususiyatlari,  mayllarini  payqab  olish 
qobiliyatigina  emas,  shu  bilan  birga  ularning  paydo  bo'lish  vaziyatiga  muvofiq  baho  berish 
mahoratini  rivojlantirishga  qodirdir.  O'qituvchi  o'z  o'quvchilarining,  ular  muhitidagi  o'zaro 
munosabatlarni,  o'zining  ular  bilan  o'zaro  munosabatlarini  hozirgi  daqiqada  qanday  bo'lmasin, 
xuddi  shunday idrok etish  va ko'rish  mahoratini,  ya'ni  ta'lim-tarbiya jarayonida ro'y berayotgan 
narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi lozim. 
Bu esa osongina qo'lga kiritilmaydi. Gap shundaki, pedagogning idrok etishi har qanday 
kuzatuvchining  idrok  etishiga  o'xshaydi,  chunki  pedagog  hamisha  o'quvchilarga  iisbatan  tashqi 
vaziyatda  turadi,  ma'lum  darajada  ulardan,  ular  faoliyatidan  (uning  tashkilotchisi  bo'lsa  ham) 
uzoqlashgan  bo'ladi.  Shu  sababli  pedagog  o'zi  ko’rayotgan  narsalarga  o'zining  ijtimoiy 
rivojlanish  jarayonida  idrok  qilgan  normativ  mulohazalarini  ongli  va  ongsiz  ravishda  kelishi 
mumkinki,  pedagog  uchun  yangi  bo'lgan  hodisalar  uning  o'zida  mavjud  bo'lgan  normalar  va 
tasavvurlar  asosida  an'anaviy  tarzda  talqin  etilishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  pedagogning 
muayyan  masalaga  javob  izlashga  intilishi  unda  ahamiyatli  biror  faktni  o'tkazib  yubormaslik 
uchun  qulay  yo'nalish  hosil  qiladi.  Agar  o'qituvchi  bolalarniig  xatti-harakatlarini  faqat  to'g’ri 
idrok etib, baho bersa, ularni vujudga keltirgan sabablarni chuqur ko'ra olsagina, shu bilan birga 
o'zida  sabot,  o'zini  tuta  bilish,  sabr-toqat,  sezgirlik  kabi  fe'l-atvor  xususiyatlarini  rivojlantira 
olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. O’qituvchining o'z o'quvchilarini: ularning; fe'l-
atvorlari,  tengdoshlari  va  kattalar  bilan  munosabatlarini  turli  voqealarga,  muammolarga  va 
hokazolarga  munosabatlarini  doimo  o'rganib  va  bilib  borishga  intilishi  muhimdir.  O’qituvchi 
bolalarni  qanchalik  bilib  olsa,  unda  bolalar  bilan  munosabatda  xushmuomala  bo'lish 
imkoniyatlari  shu  qadar  ko'proq  bo'ladi.  Lekiin  o'qituvchi  o'z  o'quvchilari  bilan  yaqinroq 
bo'lishga harakat qilar ekan, ba'zan tegishli daqiqalarda o'zi eshitmasligi lozim bo'lgan narsalarni 
eshitmasdan  o'tib  ketishi  lozim.  Bunga  sabab  zshitish  odobsizlik  bo'lishi  mumkinligi,  yoki 
vaziyat  noaniq  bo'lib  turganda,  eshitish  darhol  aniqlik  kiritish  zarurligini  taqozo  qilishdir. 
O'quvchilar  bilan  o'z  muomalasini  baqiriq  va  mayda  chuyda  narsalarga  aralashishga  aylantirib 
yubormaslik uchun kundalik ishlarda nimanidir sezmay qolishni o'rgatish muhimdir. 
Nihoyat, ba'zan biror narsani tushunmay qolish ham foydali bo'ladi. Bularning hammasi 
o'qituvchilarning o'quvchilar bilan bo'ladigan kichik ixtiloflarga barham beradi, unga o'kuvchilar 
bilan bo'ladigai kelishmovchiliklarga tegishli darajada odob bilan aralashuvga yordam beradi. V. 
A.  Suxomlinskiy  takidlab  o'tganidek,  pedagog  bolalar,  ayniqsa,  katta  yoshdagi  o'quvchilar 
o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashuvi lozim. U shuningdek ziddiyatlarning 
shunday  sohasi  borki,  unda  pedagogning  aralashuvi  nihoyatda  cheklangan  bo'lishi,  hamma 
kelishmovchiliklar va ziddiyatlar ham jamoada muhokama qilish ob'ekti bo'lmasligi mumkin va 
lozim, deb hisoblagan edi. 
Pedagogning  tarbiyalanuvchilar  idroki,  hissiyoti  va  tarbiyasiga  ta'sir  etishning  qanday 
imkoniyatlari bor? 
Har  bir  endi  ish  boshlovchi  pedagog  ta'sir  etish  yo’llari,  o’quvchilar  bilan  muloqotda 
bo’lish va ularga ta'sir etish yo’llarini biladimi? 


Ijtimoiy-psixologik  tekshiruvchilar  va  pedagogik  muloqot  malakasiga  asosan  ikkita 
asosiy kommunikativ ta'sir etish turlarini ajratishi mumkin: ishonch hosil qilish va ishontirish. 
Pedagogning  har  bir  harakati  tarbiyalanuvchining  munosabatlari,  fikrlari,  hissiyotlari, 
faoliyatlarini  shakllantirishga,  ya'ni  ularning  psixikasi  va  xulqiga  har  tomonlama  ta'sir  etishga 
qaratilgan.  Lekin  ishonch  hosil  qilish  va  ishontirishning  psixologik  jarayoni  turlichadir.  Ta'sir 
etishning har bir yo’li o’z spesifik xarkteriga ega. 
Pedagogik  adabiyotda  «Pedagogik  ta'sir  qilish»  termini  qabul  qilingan.  Bu 
tarbiyalanuvchilarning  tarbiyasi  bilan  munosabatida  uning  passivligini  anglatadi.  Lekin  bola 
kelajakda har tomonlama kamol topgan inson bo’lib etishishini istasak, pedagogik o’zaro ta'sir 
etishni qaysi yo’llar bilan amalga oshirishni o’ylashimiz kerak. 
O’sayotgan bola ijtimoiy borliq tabiat bilan o’zaro ta'sirda bo’ladi. O’zaro ta'sir etishning 
natijasi  sifatida  uning  ishonchi  shakllanadi,  ya'ni  bilimlar  sistemasi,  qarashlari,  munosabati  va 
xulq ta'sir etish natijasi sifatida ko’rib chiqaylik. Ishonch hosil qilish haqiqiy va noto’g’ri bo’ladi. 
Haqiqiy  ishonch  hosil  qilish  real  voqea-hodisalarga  mos  keladi.  Noto’g’ri  ishonch  esa  xavfli, 
noto’g’ri ishlarni va salbiy hayotiy masalalarning sintezi tarzida namoyon bo’ladi. 
Pedagoglar  juda  ko’p  o’quvchilarning  noto’g’ri  ishonchlari  bilan  to’qnashadilar.  Ba'zi 
o’quvchilarning noto’g’ri ishonchlariga A.I.Kochetov quyidagilarni kiritadi. 
- a'lo o’qish – me'yordan tashqari, faqat maqtanchoqlar a'lo o’qiydi; 
-  me'yordagi  o’quvchi  o’qituvchidan  ogohlantirish  olishi  kerak,  aks  holda  uni  hech  kim 
mensimaydi; 
- o’qituvchini aldash – aql va topqirlik belgisi
- mas'uliyat bilan mehnat qilish – ortiqcha kuch ishlatish. 
Bunday  ishonchlar  mustahkamlanib,  aqliy  va  jismoniy  passivlikka  o’tadi.  Noto’g’ri 
ishonchni  to’g’rilash  pedagogda  ko’p  harakat  talab  qiladi.  Buni  3  yo’nalishda  amalga  oshirish 
mumkin. 
1. Sinf jamoasida sog’lom ijtimoiy fikrlarni shakllantirish. 
2. Maxsus shaxsiy malakani ixtiro qilish. 
3. Noto’g’ri ishonchni qabul qilmaslik, rad etish. Noto’g’ri ishonchda haqiqiy fikrlar va 
ustanovkalar almashinishi kerak.  
Insonning ishonchi 3 ta komponentga yig’ilgan: bilim-hissiyot-xulq. Ishonch hosil qilish 
quyidagi formulasi bor: tushunarli-hayotda ortda qolmoq- qabul qilmoq-ishlab berdimlar. 
Ishonch hosil qilish yangi qarashlar, munosabatlarni shakllantiradi, noto’g’ri qarashlar va 
munosabatlarni o’zgartiradi.  Ishonch hosil qilish  yangi qarashlar, munosabatlarni shakllantiradi 
va  noto’g’ri  qarashlar,  munosabatlarni  o’zgartiradi.  Ishonch  hosil  qilish  shakllari:  disputlar, 
diskussiya, suhbat, o’qituvchi himoyasi, shaxsiy namuna.  
Ishonch hosil qilishda o’zaro ta'sir qilish metodi sifatida maksimal ta'sirli bo’lishi uchun, 
u bir qancha shartlarga rioya qilish kerak: 
- ishonchning mazmuni va formasi bolalarning yosh xususiyatlarining darajasiga yordam 
beradi; 
- ishonch hosil qilish tarbiyalanuvchining shaxsiy dunyoqarashiga mos kelishi kerak
-  tarbiyachi  bolalarda  ishonch  hosil  qilishda  avvalo  o’zi  shu  narsaga  nisbatan  ishonch 
hosil qilish kerak. 
Ishonch  hosil  qilishning  natijasi  o’qituvchining  so’zlari  va  harakatlariga  ham  bog’liq. 
Tarbiyachining ham so’zi bilan harakatlari bir-biriga mos tushishi kerak. Masalan, tarbiyachi jahl 
ustida bolaga qattiq jazo berishini aytadi, lekin esidan chiqib ketadi. Yoki biror nima va'da qilib, 
o’z  so’zining  ustida  turmaydi.  Bolalar  bunday  pedagogning  so’zlariga  ahamiyat  bermay 
qo’yadilar. Yanayam yomonki, agar o’qituvchi balandparvoz, to’g’ri so’zlarni gapirsa-yu, lekin 
kundalik hayotida bunga amal qilmasa bunday o’qituvchilar jamiyatga zarar etkazadilar. 
Ishontirishning  yuqori  effekti  o’quvchilarning  olgan  bilimlarining  mustahkamlaydigan 
mashqlar  (ruhini  tetiklash,  to’g’ri  xulq  hosil  qilish)lari  orqali  hosil  bo’ladi.  Ishontirishning 
usulini  boshqatdan  tarbiyalash,  ya'ni  qarash  va  muomalarni  hosil  qilish  maqsadida  qo’llash 


mumkin,  qachonki  tarbiyalanuvchilar  u  yoki  bu  xususiyatlarini  ko’rsata  oladigan  maxsus 
sharoitlar yaratilsa. 
Isbotlash  mantiqi.  Shaxs  dunyoqrashining  etakchi  struktura  elementi  bo’lib,  ishontirishning 
o’zagi bo’lgan bilmilar hisoblanadi. Bilimlar ishontirishga oson ko’chadi. Agar ular argumentli 
isbot  qilinadigan  bo’lsa.  Shunda  ularni  to’g’riligiga  ishonch  hosil  qilinadi.  Isbot  orqali  bilim 
egallayotgan o’quvchida unga to’g’ri kelmaydign hamma ishontirishni qattiqqo’llik, argumentli 
isbotlash yo’li bilan qaytara olish qobiliyati rivojlanadi. 
Isbotlash usuli. – tezis, argument va demokstraniyalardan tuzilgan. Tezis—bu isbot qilish kerak 
bo’lgan fikr. Argument - bu tezisni isbotlashga yordam beradi. Demonstrasiya davomida turini 
isbotlaydigan  teokritik  chiqishlar,  hayotiy  va  eksperimental  faktlariga  tayanib  qilinadigan  fikr 
yuritishlar. 
Isbotlash uchun to’g’riligiga o’quvchilar ishonadigan argumentlardan foylalaniladi. 
Ishontirish  -  pedagogik  ta'sir  qilish  usuli.  Pedagogik  ta'sir  qilish  usuli  bo’lgan  ishontirish  bilan 
birga pedagogik jarayonda ta'sir etish ham o’ziga xos o’rniga ega. Ta'sir etish - odamlarning ish 
va muomala jarayonida bog’liqlikni belgilaydigan vositalarning biri. Uning asosiy o’ziga xosligi 
shundaki,  u  odamning  psixikasiga  va  xarakteriga  o’zi  bilmagan  holda  ta'sir  qiladi,  shaxsning 
psixika  strukturasiga  nazoratsiz  holatda  kirib,  kundalik  ishi,  xarakterida  ko’rinadi.  Bu  paytda 
bajarayotgan  insonning  faol  roli  pasayadi.  Pedagogik  ta'sirning  foydalanish  sharoitlari  bo’lib: 
ta'sir  qilinayotganning  yoshi,  ta'sir  qilayotgan  va  qilinayotganning  bir-biriga  munosabati  va 
boshqalar xizmat qiladi. 
Pedagogik  ta'sirning  shakllari  va  effektiv  sharoitlari.  Pedagogik  praktikasida  ko’p 
uchraydigan  ta'sir  formalariga  to’xtaymiz.  Maktab  uchun  eng  qo’llash  yaxshi  bo’lgan  ta'sir  bu 
oldindan ko’zlangan ta'sir etishdir. U buyruq, komandalar orqali ko’riladi.  
O’z-o’zini ishontirish. Shaxsning o’sishda o’ziga-o’zi ta'sir etish asosiy o’rin egallaydi. Odatda 
o’z-o’ziga  ta'sir  so’zini  o’quvchi  o’zining  kamchiliklarini  tushunib,  ularni  yo’qotishi  deb 
bilishadi.  «Samovnushenie»  qiyinchiliklarni  engishdagi  qo’rquvni  o’zining  kuchiga 
ishonmasligini va ichki qarama-qarshiliklarni engishda juda foydalidir. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin