Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   148
2 5237912101523035255

O’QITUVCHILIK BURCHI 
Umuminsony va milliy axloqda burch tushunchasi har bir kishining o’z vazifasini to’liq 
bajarishi  boshqalarga  to’g’ri  munosabatda  bo’lishini  ifodalaydi.  Burchda  shaxsning  jamiyatga 
bo’lgan munosabati namoyon  bo’ladi.  O’z burchiga sodiqlik har bir kishiga obro’, shon-sharaf 
keltiradi.  Kishining  o’z burchiga  sodiqligi  jamiyatga,  Vatanga,  mehnatga,  oilaga,  farzandlariga 
bo’lgan munosabatida bilinadi. 
Ijtimoiy  burchni  yuksak  darajada  anglash  o’qituvchining  axloqiy  fazilati  hisoblanadi. 
Muallim bolalarga o’rgatadigan g’oyalar uning qalbidan joy olib dunyoqarashning asosi bo’lishi 
zarur. Har bir ishda, har bir masalada muallim o’z burchiga sodiq, qat‘iy printsipli bo’lishi, har 
qadamda unga amal qilishi zarur. Muallimning mafkurasi fuqarolik ruhi bilan sug’orilgan bo’lsa, 
ijtimoiy  burchni  vijdonan  his  qilishga,  intizomlilik,  o’z  xatti-harakatlarini  nazorat  qila  bilish; 
insonparvarlik, o’z qadr-qimmatini to’g’ri baholay olishga imkon beradi. 
O’qituvchi  yosh  avlodga  ta‘lim-tarbiya  berish  sohasidagi  o’z  burchini  zo’rlik  tufayli 
yuklatilgan  majburiyat  emas,  balki  o’z  hayotining  ma‘nosi,  ishonch  va  vijdon  da‘vati  deb 
hisoblaydi.  Fuqarolik  burchini  his  etish  butun  xalq  va  O’zbekiston  davlatining  buyuk  kelajagi 
to’g’risida  g’amxo’rlik  qilishni  taqazo  etadi.  Davlat  oldidagi  burchni  yuksak  anglagan, 
mafkuraviy  pok  barkamol  muallim  insonga  izzat-hurmatli,  yoshlarga  g’amxo’r,  mehribon, 
boshqalarga  yordam  qo’lini  cho’zishga  doimo  tayyor  turadigan  kishidir.  O’qituvchi  axloqida 
burch  hissi  Vatanni  sevish,  uning  porloq  kelajagi  uchun  g’amxo’rlik  qilishni  talab  etadi. 
O’qituvchi  odobida  vatanparvarlik  burchi  baynalmilalchilik  tuyg’usi  bilan  chambarchas 
bog’liqdir. 
O’qituvchilik burchi ta‘lim-tarbiya ishlarini bajarishga va muallimning shaxsiga nisbatan 
jamiyat qo’yadigan axloqiy talablar va yo’l-yo’riqlar majmui dir. O’quvchilar, kasbdoshlari, ota-
onalar  bilan  xushmuomala,  yaxshi  munosabatda  bo’lish,  tanlagan  kasb  uchun  pedagoglar 
jamoasi  va  jamiyat  oldidagi  ma‘suliyatini  his  etish  shular  qatoriga  kiradi.  Yoshlarni 
umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash  o’qituvchilik  burchining  asosini  tashkil 
etadi. 
O’qituvchilik burchining mazmuni ta‘lim-tarbiya jarayonining mohiyati bilan belgilanadi. 
Bu  jarayonda  o’quvchilar  insoniyat  asrlar  davomida  to’plagan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni 
egallab  oladilar.  Shuningdek,  o’qitish  jarayonida  muallimning  bajarayotgan  ishiga  munosabati 
ham, uning shaxsiy fazilatlari va qo’yiladigan axloqiy talablari aks etadi. O’qituvchilik kasbini 
tanlagan kishi bu axloqiy talablar va yo’l-yo’riqlarni albatta bajarishi zarur. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin